Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh
12-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni qamrab oladi: chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik; chaqiriluvchilarning harbiy- texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi; Oldingi tahrirga qarang. oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik; (12- modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) jismoniy tayyorgarlik, davolash- sog‘lomlashtirish ishlari; umumta’lim tayyorgarligi; vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va natijalarini n azorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. 13- modda. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Oldingi tahrirga qarang. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslar i bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi. (13- moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30- sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin qo‘shimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa- sport sog‘lomlashtirish lagerlarida o‘tishlari mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom . Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling