Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
-modda. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shin unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar I.Oddiy askarlar tarkibi oddiy askar matros II.Serjantlar tarkibi
- III.Ofitserlar tarkibi Kichik ofitserlar tarkibi
9-modda. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy
unvonlar Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi. Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi. Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli K uchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi. Oldingi tahrirga qarang. Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi: Qo‘shin unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar I.Oddiy askarlar tarkibi oddiy askar matros II.Serjantlar tarkibi kichik serjant III darajali serjant II darajali serjant I darajali serjant katta serjant starshina III darajali starshina II darajali starshina I darajali starshina bosh starshina III.Ofitserlar tarkibi Kichik ofitserlar tarkibi leytenant katta leytenant kapitan leytenant katta leytenant kapitan-leytenant Katta ofitserlar tarkibi mayor podpolkovnik polkovnik III rang kapitani II rang kapitani I rang kapitani Generallar tarkibi general-mayor general-leytenant general-polkovnik armiya generali (9- moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Yuridik yo ki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi. (9- moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi. Oldingi tahrirga qarang. Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, qonunlar va umumharbiy nizomlar bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. (9- moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oldingi tahrirga qarang. Ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan ular og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganida faqat sudning qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin. (9- moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oldingi tahrirga qarang. Serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda, sudning yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin. (9- modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634- sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling