‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/90
Sana13.07.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1660107
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)

Boshini kesmas qilich.
H am zan in g «Yengil ad a b iy o t» g a kiritgan s h e 'r la r id a g i bosh 
qahram onlam ing belgili xususiyatlaridan biri — to ‘g ‘ri so‘z!ik. Shoir 
bolalami to ‘g‘ri va rostgo‘y bo‘Iishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib 
ijobiy ishlar bilan shug‘ullanishga, kishilaming yaxshi sifatlaridan ibrat 
olishga chaqiradi. «To‘g‘ri so‘z bola»da bu fikr yanada jonli chiqqanini 
ko‘ramiz. Hamza bu she'rida barcha narsa pul va boylik bilan o ‘lchangan 
jamiyatda hamma narsadan ko‘ra haqiqatni ustun q o ‘ygan bola obrazini 
yaratadi.
Bir bola o ‘qishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini to ‘sib, biri 
dedi: «Tanga berurman senga, so‘zla bir ozgina yolg‘on menga».
Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi:
— So ‘zlang, aka, qomatingizga qarab,
Bu so'zingiz aslida yolg‘on erur,
Tangaga yolg‘onni kim olgan erur.
Sizda k o ‘p erkan o ‘zi yolg‘on aka,
Siz ani a w a l sotib aylang ado.
Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam,
0 ‘rtog‘ingizda k o ‘p erur bizdanam 
Ofarin aytdilar aning so'ziga 
Tangani xolis berubon o ‘ziga.
Hissa: kim ki to ‘g ‘ri so ‘zi har kachon,
Teguzadur doimiy bo *yla hison.
Hamza bu she’rida bolalami yoshligidanoq rostgo‘ylik ruhida taibiyalash 
lozimligini uqtiradi, ulami yolg‘onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurisliga 
chaqiradi.
Shu kitobda «Qimoming boshi» degan bir s h e 'r bor. Bu asarda 
Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan to ‘g‘ri xulosa chiqarishga 
chaqiradi. Hoshimning «To‘ptosh», «Juftmi-toq* degan o‘yinlami o'ynashdan 
asta-sekin qimor o ‘ynashga o‘rganganini, bora-bora qim orga mukkasidan 
ketib, oxirida bor-yo‘g‘ini boy berganini, nihoyat uning go‘loxlikka tushib, 
xorlikda o‘lib ketganini ifoda etadi.
« 0 ‘qish kitobi» Hamzaning ikkinchi darsligidir. U n da to ‘qqizta dars 
b o ‘lib, u larn in g har biri axlo q iy m asalaga bag‘ish la n g a n . B archa
www.ziyouz.com kutubxonasi


hikoyalarning qahram oni ijobiy fazilatlam i o'zida mujassamlantirgan 
maktab o ‘quvchisidir. «Bir aqlli m aktab bolasining o‘z-o‘zicha domlasining 
qilgan tarbiyalari yodiga tushib, fikrlanib, degan so‘zlari» sarlavhali 
ikkinchi darsda bolaning nutq-ta' rifi vositasida ustoz obrazi chiziladi. Hamza 
o ‘zi orzu qilgan o ‘qituvchini bola tilidan bunday ta'riflaydi:
O yiasak, bizning erurlar chin otamiz shul kishi,
Chunki bizga bilmaganni bildirur ustodimiz...
Ota birla onamizdan yoxshiroq shafqat qilib,
Bizdagi har kamchilikni ko ‘rsatur ustodimiz-■■
Asta-asta bizda bo ‘Igan haryomon, shum f e ’lni,
H ar kuni aylab nasihat yo ‘qotur ustodimiz,
Y oshlam i insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga Ham za alohida 
ahamiyat beradi. Odamlarga mehru muhabbat qo‘yish, kishilaming qadr- 
qimmatiga yetish, ulami hurmat qilib, izzat-ikrom bilan muomala qilish, 
H am zaning fikricha, yoshlardagi insonparvarlikning asosidir. Yoshlarni 
bunday ruhda tarbiyalash dastawal, bolalaming eng yaqin kishilariga ayniqsa, 
ota-onasiga nisbatan muhabbat tuyg‘uíarini rivojiantirishdan boshlanishi 
kerak. S h o ir ota-onani hurm at qilishni bolaning eng yuksak insoniy 
fazilatlaridan biri deb hisoblaydi. «Ü1 aqllik bola otasini ham qilgan tarbiya 
va shafqatlarini yot etib degan so‘zi» sarlavhali uchinchi va «U1 aqllik bolaning 
mushfiqa enasi uchinda qilgan tashakkurlari» nomli to ‘rtinchi darslarida 
ota-onalar qiyofasi chiziladi.
H am za kitobda otaning link obrazini chizarkan, uning amri xalq 
am ridan ham kuchli, deb ta’riflaydi. Onani esa «Otamizdan ham muqaddas 
onamiz» tarzida ulug'laydi. Ayni choqda, ota-onaning bola tarbiyasi uchun 
m as’ul ekanligi ta’kidlanadi.
« 0 ‘qish kitobi»dagi bir necha she'rlar o ‘qish, ilm, maktab hamda 
kitobning ta'rifig a bag‘ishlanadi. Jumladan, « 0 ‘qi» she'rida shoir o‘qish 
natijasida kam bag'al-bechoralam ing asoratdan qutulib, m adaniyat va 
sa n 'a td a n bahram and bo'lishi turgan gap, deb uqtiradi. 0 ‘qishning qadrini 
m uallif o ‘qituvchi — ustozlar tilidan shunday ta'riflaydi:

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling