‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)
Hissa, kimi g ‘aym i ulfat etar,
0 4z~o‘zicha boshiga kulfat yetar. « 0 ‘qish kitobi»dagi asarlaming ko‘pchi!igida o ‘z zamonasi uchun g‘oyat ilg‘or fikrlar olg‘a suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, o‘qituvchi, bola taibiyasida ota-onaning roli haqidagi she'rlar, «Toshbaqa bilan Chayon* kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga m anzur bo‘Igan va m a'rifiy-estetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu g‘oyaviy va badiiy yuksak, o‘quvchilarga m anzur bo‘lgan asarlar « 0 ‘qish kitobi*ni o‘zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo ‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Hamza 1925 yilda «Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi» darsligini yozdi. Bu kitob g'oyaviy mavzui jihatidan Alisher Navoiyning «Hayratul-abror» asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo‘l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar — «Ilm»da m a'rifatlilik , ilmli bo ‘lish shunday sharhlanadi: «Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng aw al zamr va lozim bo‘lgan narsa olam da ilmlik o‘lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson dem ak ayni xatodir...» Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot biJan boshlanadi, so‘ng bir bayt she’r keltiriladi: Ilmsiz har kishi uchsa havoga Ko ‘ngil berma aningdek xudnamoga. Ham za ilm haqidagi h ikoyalaridan keyingilarini axloq, o d o b masalalariga bag‘ishlaydi. Xususan, muallif darslikda bola tarbiyasida ota- onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi. Hamza bu asarida xalq og‘zaki ijodidan unum li foydalangan. Asaming badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining taJablari to‘Ja ko'zda tutilgan, fikr sodda, ixcham, ayni vaqtda, jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan. Asaming boshdan-oyoq beva-bechora, m ehnatkash omma manfaatini himoya qilish va m a’rifatga da’vat etish ruhi bilan sug‘orilganligi Harrizaning haqiqiy m a’rifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi. «Qiroat kitobi* Ham za ijodida yetakchi o ‘rinda turadi. 1915 yilda Hamzaning «Milliy ashulalar* to ‘plami bosilib chiqdi. Bu to ‘plamdagi she' rlaming ko‘pchiligida m a' rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish davom etadi. Hamza awalgi she' rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilami m a'rifatparvar deb ko‘rsatgan bo‘lsa, endi u o ‘z xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslami m a'rifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqeilikta'siretganini, ijodkoming g‘oyaviy tomondan o'sganini ko‘rsatadi. Shoir «Milliy ashulalar», «Oq gui», «Qizil gui», «Yashil gui» va boshqa to'plam iandagi qo ‘shiq!ari bilan xalq om m asini madaniyatli bo lish g a undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi. Mashhur taibiyachi, atoqli shoir, dramatuig va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o‘qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o ‘zining butun iqtidorini, umrini bag‘ishladi. www.ziyouz.com kutubxonasi ABDULLA AVLONIY (1878-1934) Hozirgi zam on bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy bola ta’lim-tart)iyasiga alohida muhabbat bilan qarar edi. - T a rb iy a n i t u g ‘ilg a n k u n d a n b o s h la m a k , v u ju d im iz n i quwatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim... - deydi u ,— Shuning uchun taibiya qiluvchi muallimlaming o'zlari ilmlariga olim bo'lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o ‘rgatmaklari lozimdir. Bu ravish ta ’lim ila borilgan dars va m a’lumot shogirdlarning diliga tez ta ’sir qilib, ular ilmli-odobli bo‘ladilar... Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim b o ‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko‘rsatadir... Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikming ijobiy ta’sir kuchiga g‘oyat zo‘r baho beradi. Uningcha, zakovat — insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi boMsalar uni har taraflama o ‘ylab ko‘radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr tarbiyasi, ~ deb yozadi Avloniy, — eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, m uallim lam ing diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g‘ayratli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchu n Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o'stirishda muallimning roli katta ahamiyatga ega deydi. Uning ta’kidlashicha, bolaning fikrini biron narsaga yo‘llash va uning o‘sha narsa haqida o‘ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo‘naltirish, uning oldiga aniq bir masala qo‘yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kerak. Bunda bola fikrini muayyan tomonga yo‘naltiruvchi aniq vazifalar belgilab berishda muallim katta rol o ‘ynaydi: — Bu tarbiya, — deb yozadi Avloniy, — muallimlaming yordamiga so‘ng darajada muhtojdirki, fikming quw ati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'liqdir. Dars bilan tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boglangan jo n ila tan kabidir. Masalan, joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o‘tirm ak mumkin bo‘lmadig‘i kabi, ichga har xil yangi ashyolar to‘ldirib ziynatlangan eski imorat ham o‘ltirishga yarog‘limas. Basharti, o‘ltirsa, insonlar «Eski uyda yangi zardevor», «Kir ko‘y!akka jun jiyak», «Mis qozonga loy tuvoq» deb kulgu qulurlar. Ba>t: Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling