‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)
O ‘zing axir nimasan,
Qoyamisan, tog‘misan?... Jahonmisan, bormisan? Rangmisan, quyoshmisan? Hammasidan ulug'san!.. Hoynaxoy bir kitobsan, Minglab qomusdan baland. Hoynahoy oftobsan, Men esa senga farzand. Shoir she’rda onaga murojaat etib, uni qoya, yuksak tog‘, cham an bog‘ hamda quyoshga qiyoslaydi va onani ulardan yuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, dunyoda onadan ulug‘ zot yo‘q! U borliqqa jon baxsh etuvchi, olam ni nurga buikovchi oftob misol qadrli, hatto undan ham azizdir. She’r bolalarda onalarga chuqur muhabbat hissini uyg‘otishda katta xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G ‘afur G ‘ulom o ‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa q o ‘shdi. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalaming quvnoq hayotini yurakdan berilib kuyladi. U ning asarlari bolalarni yaxshi o ‘qishga, fan asoslarini chuqur egallashga, zamonamizning ilg‘or kishilari bo‘lib yetishishga chaqiradi. www.ziyouz.com kutubxonasi OYBEK (1905-1968) 0 ‘zining roman va qissalari, ilmiy-nazariy, siyosiy, badiiy publisistik asarían, taijimalari, ajoyib sh e’rlari, dostonlari, hikoyalari bilan o ‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan atoqli so‘z san’atkorlaridan bin Oybek bolalar adabiyotiga ham munosib hissa q o ‘shgan ulkan adibdir. Ü yaratgan she’r va hikoyalar, qissa va dostonlar bolalar ma’naviyatiga samarali ta’sir etib, yosh avlod estetik didining shakllanishida katta rol o ‘ynamoqda. «Yosh yo'lchi» (1925), «Gunafsha» (1926), «Bolalikni eslab» (1926), «Shaharcha bolalariga» (1934), «Shoiming bolaligi» (1937), «Eski va yangi bolalik» (1937), «Odobli T ursun», «Ahmadjon bog‘bon» (1971) kabi she’riy kitoblari, «Zafar va Zahro» (1953), «Haqgo'ylar» (1976), «Bobom» (1957) kabi dostonlari, «Alisheming yoshligi* (1967) qissasi, «Globus* (1981) hikoyalar to ‘plami,»Bolalik» kabi asarían ayniqsa xarakterlidir. Yozuvchi Oybekning bolaligi ham barcha mehnatkash xalq bolalari kabi kechadi. U yoshlikdan uy-ro‘zg‘orga qarashish, guzardan narsa olib kelish, suv tashish, o ‘tin yorish, qor kurash kabi yumushlami bajaradi. Barcha bolalar kabi bahor vaqtlarida tomma torn oshib varrak uchirar, dovuchcha qoqar, qish bo‘lsa oshiq o‘ynar, xo‘roz, tuxum va it uríshtirishlarda qatnashar, yoz kunlari onasining pinjida qarindosh-urug‘larining uylariga «mehmon»ga borar, hayit, sayil va boshqa milliy bayram kezlarída esa o ‘zida y o ‘q sevinib, dor o ‘yini, xalq qiziqchiliklarini, ko'ngil ochar tomoshalami ko'rishga muyassar b o ‘la r edi. Keyinchalik «Shaharcha bolalariga», «Shoiming bolaligi» sh e'rlarid a shu manzaraiar o‘z aksini topadi. Oybekning bolalar va o ‘smirlarga bag‘ishlangan she’riy asarlarida bugungi qaynoq hayot, ilin, hunar va mehnatga b o ‘lgan muhabbat, vatanparvarlik, jam oatchilik, ijtimoiy burchni anglash kabi xususiyatlar aks etgan. Bu fazilatlar o‘sha davrda Oybek asarlarining yetakchi mavzuiga aylanadi. Shoir g‘oyaviy-badiiy kuchli she’rlar bilan birga bolalar va o ‘smirlar hayotini tasvirlovchi hikoyalar ham yozdi. 1981 yilda adibning «Globus» nom li to'plam i bosilib chiqdi. Bunda Oybekning shu vaqtgacha e’lon qilinmagan «Gulnor opa» (1930 yil), «Fanorchi ota» (1930 yil), «Singan umid» (1930 yil), «Tillatopar» (1930 yil) hikoyalari ham chop etilgan. Oybek kichik yoshdagi maktab bolalari uchun Pokiston bolalari hayotidan «Qonli barm oqlar» (1962 yil) hikoyasini yozdi, Hikoyada Pokistonda tinchlik uchun kurashuvchilardan qanday qasos olinayotganligi, ulam ing bolalari ko'chalarga chiqarib tashlanayotganligi, tilanchilikka va malaylikka mahkum etilayotganligi hikoya qilinadi. Yozuvchi buni asar qahram oni to‘qqiz yoshli Aiining saiguzashtlari orqali tasvirlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Oybek hikoyada AJilaming yashash sharoitini va qanday kun kechirishini quyidagicha tasvirlaydi: «Gorishov Lohuming baridagi bir daha. Lohur — qo‘shiq!ar, gullar diyori. Gorishov esa dahshat! Ali bu xaroba—vayronalar ichida yuguradi. Ko‘cha, yo‘lka deydigan narsa yo‘q, tutash xaroba kulbalar. Shunday xaroba kulbalaming birisidan Ali bilan onasi, otasi qamalgandan so‘ng haydalib, ko‘chaga tashlangan edi». Pokiston shaharJarining ko'cha-kuylarida to 'd a -to 'd a tiianchi bolalar yuradi. Gadoylar odatda «baxshish» deyilsa, o 'zlarin i tom dan tashlab yuborishga tayyor ekanligi hikoyada bo‘rtib turadi. Ali bir parcha non qidirib, besh-olti kundan buyon rastalami kezib yurganda gulobchi do‘kondor uni chaqirib «jahl aralash dedi, — mana bu yashiklami bo‘shat!» va buning evaziga haq to‘lashga va'da qiladi. Ali «Rostdanmi?» — deb so‘radi va do‘kondoming «ha* degan tovushini eshitgach bola uzun xo'rsindi, jilmaydi. Kir, kalta ko'ylagining ycnglarini shimarib, ishga tushdi». Ali yashiklardagi siniq gulob shishaJarini lashiydi: «Siniq, cheti uchgan shishalar va berahm quyoshning issig‘i xunob qilar, kichik barmoqlari tilingan, qollari qon. Ammo och, tentirab yurishdan charchagan bola bu xizmatdan vaqti xush* edi. «Isqirt, juldur, cho'pday oriq bolalar bolaning qonagan qo'llanga tikildilar*. Bolalar Aliga ko‘mak bermoqchi bo‘lganlarida u «rahmat* deb javob berdi. Ali och-nahor, barmoqlarini shisha siniqlari kesib achitishiga, bir parcha non topishning nihoyatda azob-uqubatlari va mashaqqatlariga qaramay do'kondor gulobchining og‘ir ishini bajardi. Do‘kondor «bir qutini ochib, yupqa «chapati* — nonni uloqtirdi. Ali ilib oldi, quvonib dedi: — Darrov borib, ayamga beraman, u kasal! — Aya, men keldim, non topib keldim. Turing non yeng, non... Kampir onaning yuzini ochdi: — 0 ‘tdi olamdan! Dard bilan, yo‘qchilik bilan, ochlik bilan, g ‘a m bilan hamisha kurashgan bu g‘arib ayolning yuzida baxtsiz hayotning eng so‘nggi nafasida o'lim bilan kurash dahshati ko'rinar edi*. Bu hayotiy parcha faqat pokistonlik Alining hayoti uchun xos hodisa bo'libgina qolmay, balki kambag‘al mehnatkash bolaiarining hayoti uchun ham tipikhol edi. Kitobxon Alining sarguzashtlari bilan tanishar ekan, unda oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum etilgan bolaning ayanchli taqdiri orqali yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’ulari shakllanadi. Muhimi shundaki, hayotda doimo yovuzlik bilan ezgulik orasida tinimsiz kurash borishini, bu kurash in so nlarn i u lu g ' ish larg a otlan tirish i mumkinligini his qiladilar. Oybek buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida hikoya qiluvchi «Alisheming yoshligi* qissasini (1967) yozdi. Ulug‘ Navoiy Oybekning sevimli siymolaridan biri edi. Bu haqda adib www.ziyouz.com kutubxonasi maqolalaridan birida shunday hikoya qiladi: «Navoiy she'riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko‘nglimni torlar edi. 0 ‘z asarlarimda Navoiy obrazini yaratishga zo‘r mayl va istagim bor edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o ‘lmas, adabiy she'rlarini sevib o ‘qir edim, uning jozibali g‘azallari borgan sari ko‘nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi... U mening ko‘nglimda, yodimda edi, butun borlig‘imni band etgandi. Yursam -tursam hamisha Navoiyni o ‘ylar edim. Uning m a'nodor, aqlli ko‘zlari hamisha xushfe'l, rahmdil, olijanob qiyofasi, asl pok, ulug‘ qalbini his etardim, ko‘z o ‘ngimda ko‘rardim...* Oybek 1928 yildan boshlab Alisher Navoiy ijodini chuqur o'rganishga kirishdi. U dastlab, Navoiy ijodiga doir ko‘pgina ilmiy maqolalami o ‘qib o‘rganadi. Keyinroq «Navoiy*, «Guli va Navoiy* dostonlarini nashr ettiradi. Davlat m ukofotiga sazovor boMgan «Navoiy» romanida ulug‘ shoir va mutafakkir hayotining kamolot davri tasvirlanadi. «Alisheming yoshligi» qissasida Hirotdagi (taxminan 1447—1452 yillar) tarixiy voqealar, shahzodalaming Shohruh vafotidan keyingi o‘zaro taxt uchun kurashlari va shu davrda o ‘tgan Alisheming bolalik (to‘rt yoshdan boshlab) yillari haqida hikoya qilinadi. Qissada Alisher obrazining takomili o‘sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari va ziddiyatlari bilan uzviy aloqada tasvirlanadi. Hukmron doira orasida mavqei ancha baland boMgan G'iyosiddin vaGulbegim bekaning oiladagi samimiyliklari, o'zlarini sipo ham oqilona tutishlari, farzandi Alishem ing ham jism oniy, ham aqliy tom ondan kamolotida m uhim rol o ‘ynaganligi haqqoniy tasvirlanadi. Yosh A lish e r xarakteridagi o ‘ziga xos xislatlar uning bolalik chog'idanoq nam oyon boMgan edi. Alisher siymosiga xos boigan aqllilik, kattalarga b o ig a n samimiy hunmat, she’nyatni nozik his etish, g'azallami g‘oyat m arom iga yetkazib ifodali o‘qish, ayniqsa, «ot choptirishdan fikr yuritish yaxshiroqdir chamamda*, deya fikr yuritishi kitobxonda katta taassurot qoldiradi. Alisheming keyinchalik buyuk davlat arbobi, ulkan shoir darajasiga yetishishida bu kabi fazilatlaming o ‘zigina yetarli asos bo'lib xizmat etmadi, albatta. Oybek Alisher xarakterining shakllanish jarayonini har bir epizod, shtrix, suhbat, yordamchi obraz va qahramonlar munosabati orqali ham badiiy asoslay oigan. Alisheming o ‘qishga — maktabga bo‘lgan havasini adib uning tilidan: «ov qilmoq merganlik — ermak narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Turmushning k o ‘p sirlarini maktab o ‘rgatadi», deb uning ilmga bo‘lgan qiziqishini tasvirlaydi. Shu bilan birga uning ota-onasi, qavm-qarindoshi va boshqalaming suhbati, shoirlaming g‘azallari Alisherga katta ta'sir etganini qayd etadi. Alisher o ‘zi yashagan davming ziddiyatlarini hali o‘zi u qadar anglab www.ziyouz.com kutubxonasi yetmaydi. Shuning uchun ham Shohruhning Abdulatif bilan, Abdulatifning Xonzoda begim va G avharshod begim bilan U lu g ‘bek to ‘g‘risidagi munozaralari mag‘zini chaqa olmaydi. Ulug‘bek to ‘g‘risida porloq taassurotga ega bo'lgan ziyrak Alisher Abdulatifning o‘z otasiga qarshi gaplaridan dastlab hayron qoladi va ikkilanadi. Biroq u shundayligicha qolavermaydi. Alisherga xos fazilatlardan yana bin kattalam ing fikr-mulohazalarini sinchkovlik bilan tinglash, kim haq, kim nohaqiigini bilishga intilishda namoyon bo'lishidadir. Xuddi shu tariqa yosh Alisher xarakteri asta-sekin shakllana boradi. Qissada Alisheming san’atga bo'lgan munosabati ham o‘ziga xos iavhalarda ishonarli aks etadi. Xususan, nay parchasi asosida ifodalangan tasvirlar bugungi yosh kitobxon uchun ham ibratlidir. Ayniqsa, Boboning «Zavqu shavqning siri ko‘p... ko‘p sinadim, ulg‘aysa bilgich, donishmand bo‘lur. Halitdan tili tangani teshadi, ko‘zlaridan ko‘kragining o‘tini ko‘rurman. G ‘azallami zavq bilan tinglaydur, cholg‘ularga havasi baland» kabi fikrlari shu jihatdan ibratlidir. Alisher xarakterida davrga munosabatning ifoda etilishida qishloqdan keltirilgan yetti mahbusni dorga osish voqcasining ta ’siri katta bo'ladi. Chorsu maydonidagi odam lam ing ko‘pchiligi dorga osilayotgan kishilarning holiga achinib ko‘z yoshini to ‘xtata olm ay yig'layotganidan Alisheming ham xo‘rligi keladi. Bu holni yozuvchi «...K o‘rasizmi! Alaming holig‘a ahli shahar yig‘]ashur!.. Alisheming ko‘z yoshlari tag'in quyila boshlagan edi», deb tasvirlaydi. Alisher dor, darra kabi jazo turlarini faqat eshitgan. Bu vaziyatni ko‘rgandan keyin shafqatsizlik va zulmkorlik haqidagi tushunchasi kengaya boradi. Asarda mazkur voqea orqali qiz va yigit muhabbatining poymol etilishi, ulaming sevgi va erk uchun kurashi xalqning qo‘zg‘olonga borib bog‘lanishi davming o ‘ziga xos tavsifidir. Shu singari voqealar Alisher hayotida o‘chmas iz qoldiradi, xarakterining chuqurlashishiga sabab b o ‘ladi. Oybek Alisheming ilm va adabiyotga b o ‘lgan intilishini Qur’onning m a’nosini tushunishga urinishini, fors-arab tillarini o ‘rganishini, turkiy (ona tili) bayt va g‘azal!ami m ahorat bilan o ‘qishi va ko'plab g‘azallami yod olishini, maqollar, masallar, ertaklami sevib m utolaa qilishga harakat qilganligini tasvirlash orqali bayon etadi. Alisher shahzodalar o ‘rtasidagi dahshatli janglar, qonli urushlar borgan sari zo‘rayib borayotganini, o‘z zamonasining notinch voqealarini, ota va bola o'rtasidagi dushmanliklami endi chuqurroq tushunib, fikr doirasi kundan-kunga kengayib boradi. Shohruh Mirzoning vafotidan so‘ng shahzodalar o'rtasidagi o'zaro jan g la r kuchayib ketgach, G ‘iyosiddin K ic h k in a b ir necha yaqin qarindoshlari bilan Iroqqa yo‘l oladi. Yo‘l azobini tortib, Hirotga yetib borgan G ‘iyosiddin Kichkina shahzodalarning o ‘zaro bo ‘lib o ‘tgan janglari bilan tanishadi. U yerdagi ahvolni yozuvchi bir chol tilidan hikoya qiladi: «—Hali qarabsiz — taxtda Alouddavla, hall Abdulatif... hammasi och www.ziyouz.com kutubxonasi bo‘ridek chor tarafdan yopishishadi. Toj-taxt g‘alvasi xalqning tinkasini quritdi. Abulqosim yurakli, o‘tkir odam, ehtimol zamonning loyqasi endi cho‘ksa, GMyosiddinbek». Cholning har bir gapi, shahzodalarga bergan bahosi yosh Alisher qalbini larzaga keltiradi. Shahzodalaming pastkash, rahm-shafqatsizliklari uning n afratin i oshiradi. M ash’um tuzum ga, davrning nobopligiga, shahzodalam ing haddan ziyoda quturishlariga qarshi tug‘yon bilan ulg‘aya boshlaydi. Oybek bundan besh yuz yil ilgari yashagan turkiy va forsiy xalq tilini, uning milliy ruhini, boyligini, so‘z yoki iboralar m a’nosini nozik his etadi. Naychi chol obrazini eslaylik. U aslida bechora faqirlar tabaqasidan, hunari nay yasash va chalish. Bobo hayotning asl m a’nosini naysiz tasawur etmaydi. Yosh kitobxon bu cholning gap-so‘z!aridan, suhbatlaridan uning kasb- hunari naychilik ekanini bilib oladi. Nutqidagi m a’noli, tagdor, aniq iboralarda esa cholning yoshi juda ulug'Iigini darrov his qiladi. «... — Nay o ‘zimizning qadim dan qolgan cholg'u, mungli, m a’yus qalblarning firoqi, alamlarini kuylaydur, to ‘y-bazmlarda uning go‘zal sadosi ko‘ngullarga zavq to ‘ldiradur, ajoyib sehrkor cholg'udir nay. Alisherbekning ishqi tushibdimi — o ‘rgaturmiz. 0 ‘g‘lonim xohlasa balki mashhur musiqa ahlidan boiur... Dildagi ohang nafas ila nayga o ‘tur... Barmoqlar kuyni pardalarga solib turadur». Oybek bu kabi keksa nuroniylar obrazlari vositasida insonparvarlik, ezgulik, odamiylik, saxiylik, yoshlarga muhabbat kabi g‘oyalami targ‘ib etib, o ‘zining badiiy mahorat egasi ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Alisheming haqiqiy inson bo‘lib ulg‘ayishida G ‘iyosiddin Kichkina, Gulbegim beka, xizmatkor bobo, tog‘asi Mirsaidning m a’naviy ta’siri juda katta b o ig a n . Oybek qissada Alisheming Turkiston sahrolarini, buyuk tog‘alarini, bu yerda istiqomat qilgan xalqlaming urf-odatlarini «go‘zal, shirin va rangin» tillarini qattiq sevishi va ardoqlashini ishonchli qilib tasvirlay oigan. Oybekning shaxs ta’sirini yaratishdagi mahorati mazkur asarida ham aniq ko‘rindi. U ko‘pincha, aniq obraz va qahramonlaming tashqi qiyofasini chizish orqali ulam ing ijobiy yoki salbiy, m a’naviy dunyosini ochib beradi. Badiiy tildagi va tasvir yaratishdagi adib mahorati qissaning xalqchillik ruhini ta ’m inlagan, shu zaylda Oybek «Alisheming yoshligi* qissasi orqali xalqimizning uzoq o‘tmishdagi hayoti haqida ham yosh kitobxon ongida haqqoniy taassurotlar hosil qila oigan. Adibning «Bolalik» qissasi avtobiografik xarakterga ega bo‘lib, uning markazida yosh Musaning sarguzashtlari yotadi. M usa obrazining hayotdagi asosi adib Oybekning o‘zidir. Asarda Musavoyning yetti yoshgacha boigan davrdagi xarakteri sho‘xlik, tegajorlik, tinib-tinchim aslik va o ‘yinqaroqlikdan tashqari, ochiq ko‘ngil, dangalchi, www.ziyouz.com kutubxonasi o‘tkir zehnliligi Oybekona tasviiga ega. M usavoy xarakterining shakllan ish ida o ila , h a y o td a ko‘rgan- kechirganlari, kishilar b ilan suh b atlari ham m u h im rol o ‘ynaydi. Keksalaming xonlar, beklar, b o ‘lislar, boylar haqidagi xotiralari, eshitgan xalq ertaklari Musavoyni adolatsizlika va nohaqlikka nafrat ruhida tarbiyalaydi, mehnatkash xalqqa m ehr-muhabbat bilan qarashga o ‘rgaladi. U o‘zi tugMlib o ‘sg an m a h a lla d a g i b o z o r , r a s ta la rd a g i b a z z o z l a r , b a q q o lla r, do'kondorlam ing xatti-harakatlarini diqqat e ’tibor bilan kuzatar ekan, ulaming ziqna, xasis, chayqovchi, tekinxo‘r va m akkor kishilar ekanligini bilib, qalbi larzaga kelar edi. Oybek Musavoyning o‘qish izlanishlariga chuqur m uhabbat bilan munosabatda bo'ladi. Uning o ‘qishda tirishqoqligini, zehnining o ‘tkir!igini, qunt bilan mutolaa qilishini, arabcha so‘z va iboralaming qoidasini keltirib yoqimJi ohangda talaííuz eta bilishini mahorat bilan chizadi. «Bolalik» qissasida Turg‘un, A 'zam , Ahmad, Q odir, Hoji, Sobir kabi Musavoyning tengqurlari va o‘rtoqlarining obrazlari ham berilgan. U larning har biri o ‘z shaxsiy qiyofalariga ega. Q o d ir ko‘rinishdan m o'm inqobilga o ‘xshab tuyulsada, am m o jahldor. A hm ad oshiqboz, tentakroq, Hoji mardikoming o ‘rli quvgina, Sobir kichkina bo‘lsa ham pishiqqina. Ularning turmush tarzi turlicha. Kattaroq bolalar oshiq, chillak o‘ynaydilar, kichik bolalar esa toi novdalaridan ot qilib minadilar. Bu borada Turg‘un obrazi fe'li atvoridagi sergaplik, toqatsizlik, shartakilik bilan birmuncha ajralib turadi. Oybek o‘sha davr tashvishlari bolalar hayoti va taqdirida ham m a’lum darajada aks etganligini m ahorat bilan tasvirlaydi. Xulosa qilib aytganda, Oybek yuqoridagi kabi asariari bilan o ‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va yuksalishiga katta hissa qo‘shdi. U o‘zining bunday asariari bilan bolalar adabiyotining sevimli kuychisiga aylanib qoldi. www.ziyouz.com kutubxonasi UYG‘UN (1905-1990) Hozirgi zam on o ‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qalam sohiblaridan bin Uyg‘undir. Uning kichkintoylaiga bag‘ishlab yaratgan «Qorbobo», «Hadya», «Bahor va men», «Ikki ona» va boshqa she'riy to ‘plamlari bolalar adabiyotida yetakchi o‘rinda turadi. Shoirbolalaiga atab yozgan barcha katta-kichik she' rlarida o'qimishli, ona-Vatan va mehnatni jon-dildan sevgan chin do‘st, rostgo‘y, sofdil bolalaming his-tuyg‘ularini ifodalaydi, yoshlarning V atanim izning go'zal tabiati, boyliklari va kishilarimizning ajoyib fazilatlari bilan tanishtiradi. Shoir bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha she’rlarida mavzuni o‘ziga xos jihatdan aks ettirishga harakat qiladi. Shoirlarimiz tomonidan kuylangan ona-Vatan mavzuini o ‘ziga xos tarzda ifoda etadi. Shu jihatdan uning «Ikki ona» she’ri xarakterlidir. She’r qahramonining ikki onasi bor: bin unga oq sut bergan; ikkinchisi esa o‘z bag‘rida avaylab parvarish qilgan. Ikkala onasi ham aziz, m uqaddas va m o‘tabar. Biri — uning tuqqan mehribon onasi b o isa , ikkinchisi — jonajon vatani. Link qahramon ana shu bir-biridan m o‘’tab a r ikki onasi bilan g‘ururlanadi, faxrlanadi. 0 ‘zini boqqan, tarbiyalagan bu ikki ona oldida bir um r qarzdor. Zam r bo‘lib qolsa ular uchun qurbon bo'lishga ham tayyor: Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling