7. Malakaviy amaliyot davrida amaliyotchi talabalarga
qo‘yiladigan talablar
Amaliyotchi talaba quyidagilarga amal qiladi:
- amaliyot dasturidagi umumiy va shaxsiy topshiriqlarni to‘liq bajaradi;
- korxonalarda o‘tkaziladigan ekskursiyalar vaqtida korxona texnika xafsizlik qoidalariva tartiblariga rioya etishlari shart;
- amaliyotga uzrsiz 3 kundan ortiq kelmagan yoki kech qolgan talabalarga uni davom etirish uchun ruxsat berilmaydi. U talabalarga dekanat tomonidan ruxsat berilgan holatda, o‘zlashtirish sharti bilan, amaliyot o‘tash uchun ruxsat beriladi;
- topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va kafedra tomonidan tayinlangan komissiyaga himoya qiladi.
8. Malakaviy amaliyot davridagi amaliyotchi talabaning ishlarini
baholash mezonlari
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
5 (a’lo)
|
Avtomobilsozlik va mashinasozlik korxonalari tarixi, ularning strukturaviy tuzilishi, maqsadi va vazifalari, transport vositalari detallari, agregatlari va qismlari, ularni vazifasi, tasnifi, tuzilishi, ularni ishlab chiqarish va ta’mirlash to‘g‘risida xulosa va qaror qabul qilish; yig‘iluvchi qismlar va uzellar, ularning turlari va tuzilishiga doir ijodiy fikrlay olish va mustaqil mushoxada yuritish; transport vositalarining asosiy qismlari va turlariga qarab o‘zaro farqi bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish; transport vositalarini ishlab chiqarish, yig‘ish va ta’mirlash uchastkalarida bajariladigan ishlar mohiyatini tushunish; transport vositalarining tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni bilish, aytib berish; zamonaviy transport vositalari to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lish
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |