Malakaviy amaliyotning maqsadi
Talabalarni avtomobilsozlik va mashinasozlik korxonalari, avtota’mirlash korxonalari, avtomobillarni ishlab chiqarish va ta’mirlash va mashinasozlik korxonalarida mashina va uning qismlarini loyihalash, ishlab chiqarish, yig‘ish, sinash, avtotransport vositalaridan foydalanish korxonalarida ta’mirlash bo‘limlarini loyihalash, avtotrancport vositalari detallarini ta’mirlash texnologiyalari va nazorat qilish usullarini, korxonaning boshqaruv va tashkiliy tarkibi, bo‘limlarining vazifalarini o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Malakaviy amaliyotning vazifalari
Yuqorida ta’kidlangan maqsaddan kelib chiqqan holda, amaliyot vazifalari quyidagilardan iborat:
malakaviy amaliyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standartida ko‘zda tutilgan shaklda va hajmda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom asosida olib borish;
soha bo‘yicha ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonalari faoliyati haqidagi ma’lumotlarni elektron va internet ma’lumotlari orqali o‘rganish;
avtomobilsozlik va mashinasozlik korxonalari, avtota’mirlash korxonalari, avtomobillarni ishlab chiqarish va ta’mirlash va mashinasozlik korxonalarida mashina va uning qismlarini loyihalash, ishlab chiqarish, yig‘ish, sinash, avtotransport vositalaridan foydalanish korxonalarida ta’mirlash bo‘limlarini loyihalash, avtotrancport vositalari detallarini ta’mirlash texnologiyalari va nazorat qilish usullarini bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish.
3. Amaliyotchi talabaning ob’yektlarda bajaradigan ishlari mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |