Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti
Download 105 Kb.
|
QUR’ONDA NOMLARI ZIKR ETILGAN PAYG’AMBARLARNING QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDAGI
Dovud5 — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida David nomi bilan maʼlum boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, D. mil. av. 11-asrda Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlatini tuzgan podsho. Qurʼonda yozilishicha, D. Jolut (falastinliklar lashkarboshisi) ustidan gʻalaba qozongan. "Alloh unga (D.ga) podshohlik, paygʻambarlik va Oʻzi xohlagan narsalaridan taʼlim berdi" (Qurʼon, 2:251), D. alayhissalomga Muso (as)dan soʻng samoviy kitob — Zabur tushirilgan. D. temirchilikning asoschisi hisoblanadi, oʻz qoʻl mehnati bilan tirikchilik oʻtkazgan: temirdan har xil asboblar yasab, uni sotib kun koʻrgan. Ayni chogʻda D. ning nihoyatda xushovoz boʻlganligi, togʻlaru qushlar unga qoʻshilib "tasbeh aytishi", daʼvolashuvchi tomonlarni murosaga keltirish, odilona hukm qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqida koʻp rivoyatlar bor. D. alayhissalom vafotidan soʻng , barcha mulk va paygʻambarlik oʻgʻli Sulaymon (as)ga meros boʻlib qolgan.
Sulaymon — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, hukmdor. Mil. av. 965—928 yillarda IsroilIudeya podshohi boʻlgan. Dovudning oʻgʻli. 13 yoshida taxtga oʻtirgan. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan koʻra olimroq boʻlgan. Rivoyatga koʻra, u jamiki insu jin, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar tilini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida boʻlib, S. farmoniga koʻra, u xodit bildirgan joyda esardi. S.ga berilgan moʻʼjizalardan biri mis koni edi, deb rivoyat qilinadi: paygʻambar izmidagi jinlar oʻsha misdan uning xohlagan narsasini yasab berishar ekan. Jinlarning S.ga qasrlar bunyod etgani, dengiz tubidan duru javohirlar olib chiqib bergani nakl etiladi. S. oʻz qoʻl ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bular orasida hudhud (sassiqpopishak) ham boʻlib, u Yamanning Sabo shahridan quyoshparast malika Bilqis haqida xabar keltiradi. S. Bilqisga maktub yoʻllab, uni yolgʻiz Allohga itoat etishga daʼvat etadi (Naml surasi, 20—37oyatlar). S. otasining vasiyatiga koʻra, Aqso masjidini qurdirdi (qarang Almasjid alAqso). Sharq va Gʻarbda bir qancha mamlakatlarni zabt etib, jahongir boʻldi. S.ning oʻlimi bilan bogʻliq rivoyat jinlar, devlar gʻaybni — kelajakda roʻy beradigan voqeahodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: jon taslim qilgan S. tayangan hassani uzoq vaqt yogʻoch qurti yeb u yerga qulab tushmaguncha, jinlar S.ning vafot etganini bilmaganlar va paygʻambar ularga buyurgan vazifa — baland qasr bino qilish ishini davom ettiraverganlar (Sabaʼ surasi, 14oyat). Shunday qilib, S oʻlib, devlar mehnatdan qutulgan ekan. S yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida Solomon nomi bilan maʼlum. Zakariyyo (زَكَرِيَّا) — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, Yahyoning otasi. Qurʼonda 8 joyda zikr qilingan, uning nasabi haqida biron narsa deyilmagan. Qurʼonda aytilishicha, Maryamni tarbiyalayotgan Zakariyyo gʻoyibdan qizga har kun turli taom-u sharbatlar, yangi mevalar inʼom etilayotganini koʻradi. Bu Allohning marhamati ekanligini, uning har narsaga qodirligini biladi va qarib, zaif boʻlib qolgani, befarzandlik dogʻi kuydirayotganini arz etib iltijo bilan Allohdan farzand soʻraydi. Alloh maloikalarni yuborib, unga farzand ato etishligi bashoratini beradi. Farishtalar unga nido qildilar: "(ey, Zakariyyo), Alloh senga Allohning soʻzini tasdiq etadigan, (oʻz qavmiga) xoja boʻladigan, (shahvatlardan oʻzini) tiyadigan va soliq paygʻambarlardan boʻladigan Yaxyo ismli farzand xushxabarini berur" (3:39). Shunda Zakariyyo menga keksalik yetgan, xotinim tugʻmas boʻlsa, mendan qanday farzand boʻlsin, dedi. Zakariyyoga belgi berildi: uch kungacha Zakariyyoning tili Allohning zikridan oʻzga soʻzga aylanmay qoldi. Odamlarga esa faqat imoishora bilan muomala qildi. Bu Zakariyyoning xotini homilador boʻlganidan darak edi. Rivoyatda aytilishicha, Zakariyyo shaytonning sotqinligi tufayli shahid boʻlgan. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling