Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti
Ulul azm (eng qat’iyatli, azmu qarorli, sabot-matonatli va sabr-toqatli) payg‘ambarlar 5 nafardir. Bular
Download 105 Kb.
|
QUR’ONDA NOMLARI ZIKR ETILGAN PAYG’AMBARLARNING QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDAGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. SHOM, MISR VA ARABISTON YARIM OROLIDA FAOLIYAT YURITGAN PAYG‘AMBARLAR 2.1 Shom yurtlarining nabiylari faoliyati Lut alayhis-salom
Ulul azm (eng qat’iyatli, azmu qarorli, sabot-matonatli va sabr-toqatli) payg‘ambarlar 5 nafardir. Bular:
1) Muhammad sollallohu alayhi vasallam; 2) Nuh alayhissalom; 3) Ibrohim alayhissalom; 4) Muso alayhissalom; 5) Iyso alayhissalom. Oxirzamon payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam: – Ibrohim – alayhissalomning duosidir (ya’ni Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalom bilan birga Ka’bani qurar ekanlar, shunday duo qilganlar: «Ey Robbimiz, ularga (ya’ni kelajak ummatlarga) o‘zlaridan bo‘lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, Kitob va hikmatni (ya’ni Qur’on va sunnatni) o‘rgatadigan va ularni (kufr va gunohlardan) poklaydigan bir payg‘ambarni yuborgin! Albatta, Sen O‘zing Aziz Hakimdirsan» (Baqara surasi, 129-oyat). – Iyso – alayhissalomning bashoratidir: «Eslang, Iyso ibn Maryam: «Ey Isroil avlodi, albatta, men o‘zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlovchi va o‘zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir Payg‘ambar haqida bashorat (xushxabar) beruvchi bo‘lgan holda, Allohning sizlarga (yuborgan) Payg‘ambaridirman», degan edi»; (Saf surasi, 6-oyat). – Onalari – Ominaning tushidir: Onalari u zotni dunyoga keltirayotganlarida o‘zlaridan bir nur chiqqanini va uning yorug‘ligidan Shom o‘lkasidagi qasrlar yorishib ketganini tushlarida ko‘rganlar. II BOB. SHOM, MISR VA ARABISTON YARIM OROLIDA FAOLIYAT YURITGAN PAYG‘AMBARLAR 2.1 Shom yurtlarining nabiylari faoliyati Lut alayhis-salom - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron shahrida (Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim alayhis-salom bilan birga Falastinga borgan. Sadum, Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugullangan. Payg‘ambarlik darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark etmay, Lut alayhis-salomning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr" surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. Lut alayhis-salom ma’lum masofaga yetib olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirtirilgani bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u O’lik dengiz va Lut oroli deb nomlanadi4. Ismoil — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Ibrohim (as)ning oʻgʻli. Qurʼonda u oʻz axlini namoz oʻqish, zakot berishga buyurganligi yozilgan. I. Allohning amri boʻyicha oʻz otasi bilan Kaʼba ibodatxonasini bunyod etgan. Rivoyatlarda I. Ibrohim(as)ning H ojar ismli choʻrisidan tugʻilganligi hikoya qilingan: Ibrohim (as) Parvardigorning amri va Sora (Ibrohimning xotini)ning xohishiga koʻra Hojarni olib Arabiston (Makka) tomon ketadi. I. oʻsha yerda tugʻiladi, onasi uni yuvish uchun suv qidirib Safo va Marva tepaliklari oraligʻida yetti marta yugurgan (hojilarning bu tepaliklar oraligʻida yugurish odatining kelib chiqishi shu voqea bilan bogʻlanadi). Shu payt I. tepinganda uning oyogʻi ostidan Zamzam bulogʻi paydo boʻlgan, undan muqaddas suv otilib chiqqan. Islomda Ibrohim (as) I.ni Allohga qurbon qilmoqchi boʻlganligi, lekin shu dam uning oʻrniga qoʻchqor yuborilganligi rivoyat qilinadi. I. voyaga yetgach, shu atrofda yashovchi jurhum qabilasidan bir qizga uylanadi, keyin u bilan ajrashib shu qabilaning boshqa qiziga uylanadi. Xotinlaridan arab tilini oʻrganadi. Arab nasabshunoslariga koʻra, shimoliy arab qabilalarining hammasi I.dan tarqalgan. Rivoyat qili-nishicha, I. alayhissalom 137 yil umr koʻrgan. Arab tarixchilarining fikricha, Makkada vafot etgan va Hojar yoniga dafn qilingan Ishoq — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri; Ibrohim (as)ning Sora ismli ayolidan tugʻilgan oʻgʻli. Isʼhoq Bibliyada Isaak nomi bilan maʼlum. "Bani Isroil" qavmining barcha paygʻambarlari Ishoq (as) avlodidandir. Rivoyatga koʻra, yoshi 90 ga yetgan Sora Ishoqga homilador boʻladi va u tugʻilgach, "Yashak" (arabcha "kuladi" maʼnosida) deb nom qoʻyadi. Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand koʻrganini eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. Ishoq (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli qizga uylanadi va undan egizak farzand koʻradi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat qilinishicha, Ishoq (as) 180 yil umr koʻrgan, Madinada dafn etilgan. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling