Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti
Download 105 Kb.
|
QUR’ONDA NOMLARI ZIKR ETILGAN PAYG’AMBARLARNING QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDAGI
Yahyo alayhis-salom - ma'nosi, "yashatuvchi", "lutf qiluvchi". Qurʻonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Zakariyo alayhis-salomning oʻgʻli. Yahyo alayhis-salom yoshlikdan ibodatga berilgan, Tavrotdaga hukmlarga astoydil amal qiladigan, nihoyatda halim va kamtar boʻlgan. Iso alayhis-salom xudoning elchisi ekanligani birinchi boʻlib oldindan aytgan, unga ishongan va yordam bergan. Voyaga yetgach, Shomga borib u yerdagilarni Allohning birligiga ishonishga, yolgiz Ungagina ibodat qilishga daʻvat etgan. Yahyo alayhis-salomning shahid boʻlishi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Shulardan birida aytilishicha, u nihoyatda kelishganchiroyli boʻlgan. Podshohning xotinlaridan biri uni yaxshi koʻrib qolib, oʻz muhabbatini izhor etadi. Lekin Yahyo alayhis-salom ayollarga shahvoniy munosabatda boʻlmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat qiladi. Yahyo alayhis-salomning bu harakatidan jaxli chiqqan ayol oʻzining siri oshkor boʻlib qolishidan qoʻrqib, podshoxdan uni oʻldirishni talab etadi. Yahyo alayhis-salom mehrobda ibodat qilib turganida oʻldiriladi. U shahid boʻlgach, bu ishga Parvardigorning qahri kelib, podshohning butun xonadoni bilan yer yutgani rivoyat qilinadi. Damashqdagi umaviylar masjidida joylashgan Yahyo alayhis-salom sagʻanasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi.
Iso, Iso Masih6 — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi. Qurʼonda, shuningdek, "al-Masih" ("xudo yarlaqagan"), Ibn Maryam ("Maryamning oʻgʻli"), Abdulloh ("Allohning quli"), Rasululloh ("Allohning elchisi"), Allohning muqarrabi (yaqini), "Haqni soʻzlovchi", deb taʼriflanadi. U kishiga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, I. — Allohning oʻgli emas, Xudo ham emas. I. — Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻʼjiza bilan tugʻilgan. Alloh unga "Bani Isroil" qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. I. odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling