Zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi tendensiyalari va istiqbollari


Download 98.4 Kb.
bet9/29
Sana26.11.2021
Hajmi98.4 Kb.
#177498
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA KIMYO SANOATI RIVOJLANISHI

Rangli va nodir metallar.Rangli va nodir metallar, ular jumlasiga mis, qalay, qo'rg'oshin, volfram, litiy, alyuminiy xom ashyosi, alunitlar, kaolinlar, stronsiy va uranni kiritish mumkin. O'zbekistonda bu mineral xom ashyolarning yirik zahiralari mavjud.

O'zbekistonda mis chiqaruvchi asosiy korxona olmaliq tog' -metallurgiya kombinatidir. Mis konlari mis-porfir formatsiyasiga mansub bo'lib, O'rta Tyanshan, ayniqsa Qurama tog'lari uchun xosdir. Olmaliqda uning Qalmoqqir, Saricheka, Dalniy, Qizota konlari bor.

Volfram molibden, qalay, vismut, simob va surmaning Janubiy Tyanshan va O'rta Tyanshan tog' tizilmalariga kiradigan Qoratepa, Langar, Qo'ytosh, Ingichka, Yashton, Sargardon va boshqa konlari bor. 20 ta molebdenli formatsiya va ularning turlari aniqlangan.

Qora metallar asosan temir, titan, marganes va xromdan iborat bo'lib, ularning bir necha yuz konlari mavjud. Turli genetik tipdagi temir konlari va ruda to'plamlari, magnit anomaliyalari bor. Ular Tepabuloq titan-magnetik koni, Surenota, Shabrez, Mingbuloq va boshqa konlardir. Marganesning cho'kindi konlari Zarafshon, Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa tog'larda, respublikaning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida, gidrotermal to'plamlari Chotqol tog'larida joylashgan. Xrom konlari ofiolit mintaqalari bilan bog'liq bo'lib, Qizilqum Farg'ona ofiolit belbog'ida, Tomditog' va Sulton-Uvays rayonlarida ko'proq uchraydi.


Download 98.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling