Ўзбекскистон алоқа ва ахборотлаштириш агентстлиги


Elektr o‘lchov asboblari va ularning qo‘llanilishi


Download 1.73 Mb.
bet3/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1252832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Лаборатория э ва схемалар 3 семестр (Восстановлен)

3. Elektr o‘lchov asboblari va ularning qo‘llanilishi
Elektr element zanjiri tavsiflarini tajriba yo‘li bilan olish­da ishlatiladigan elektr o‘lchov asboblari ularning aniqlik klassi, sistemasi va o‘lchash chegarasi bo‘yicha tanlanadi.
Oddiy laboratoriya ishlarida aniqlik klassi 1,5…2,5 % dan kam bo‘lmagan elektr o‘lchov asboblaridan foydalanish mumkin. Muhim ilmiy-tekshiruv ishlarida esa aniqlik klassi 0,2…0,5 % dan kam bo‘lmagan asboblar qo‘llaniladi. Elektr o‘lchov asboblarining normal o‘rnatilish holati ulardagi gorizontal yoki vertikal chiziklar bilan belgilanadi.
O‘zgarmas tok zanjiridagi tok va kuchlanish magnitoelek­trik sistemali asboblaridan foydalanib o‘lchanadi, quvvat odatda ampermetr va voltmetr ko‘rsatgan kattaliklarni o‘zaro ko‘paytirib topiladi.
O‘zgaruvchan tok zanjirlarida ham magnitoelektrik sistemali asboblardan foydalanish mumkin. Bunda o‘lchov asboblarga o‘zgaruv­chan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beruvchi to‘g‘rilagichlar qo‘shib ulanadi.
Elektromarnit sistemali asboblar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjir-larida ishlatiladi. Qayta magnitlanishga sarflanuvchi quv­vat isrofiga binoan, bunday asboblar o‘zgaruvchan tok zanjirida o‘zgarmas tokdagiga nisbatan kichikroq qiymatni ko‘rsatadi. Bu as­boblarning qayta magnitlanishi va gisterezis isroflari tufayli aniqlik klassi pastroqdir.
Elektromagnit sistemali asboblar tashqi magnit maydoni ta’siridan saqlaydigan konstruksiyali qilib ishlab chiqariladi, ularning aniqlik klassi oddiy asboblarnikidan birmuncha yuqori, ammo bunday asboblar qimmat va murakkab tuzilishga ega.
Elektrodinamik sistemali asboblar bilan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi tok,kuchlanish va quvvat o‘lcha­nadi.
Induksion sistemali asboblar o‘zgaruvchan tok schyotchiklari sifatida qo‘llaniladi.
Elektr asboblarning o‘lchash chegarasi ular strelkasining mak­simal og‘ishida ko‘rsatgan qiymati bilan aniqlanadi.
Agar mavjud elektr asbobning o‘lchash chegarasi etarli bo‘lmasa, uni kengaytirish mumkin.
Ampermetrning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun o‘zgarmas tok zanjirida shuntlardan foydalaniladi. Shuntlar asboblarga parallel ulanib, ular asbobning o‘ziga yoki alohida o‘rnatiladi.O‘zgaruvchan tok zanjirida ampermetr o‘lchash chegarasini kengaytirishda tok transformatorlari qo‘llaniladi. Tok transformatorining bir­lamchi chulg‘ami zanjirdan o‘tuvchi yuklanish toki bilan aniqlanib, ikkilamchi chulg‘ami esa 5a tokka hisoblanadi.
Voltmetrning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun o‘zgarmas tok zanjirlarida kalibrlangan qo‘shimcha qarshiliklar ishlatiladi. Qo‘shimcha qarshilik voltmetrga ketma-ket ulanib, u asbobning o‘zi­ga yoki alohida o‘rnatiladi. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida voltmetr­ning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun kuchlanish transformatorlari ishlatiladi. Kuchlanish transformatorining birlamchi chulg‘ami, zanjirning kuchlanishi bilan aniqlanib, ikkilamchi chulg‘ami 100 volt kuchlanishga hisoblangan bo‘ladi.
Vattmetrning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun vattmetr­ning tok chulg‘ami tok transformatori orqali, kuchlanish chulg‘ami ­kuchlanish transformatori orqali ulanadi. Tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulangan asboblarning o‘lchash qiymatlarini aniqlashda transformatorlarning transformatsiya koeffitsientlari hisobga olinadi.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling