Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Адабиѐтлар 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-
сонли ―Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар 
стратегияси тўғрисидаги‖ Фармони. 
2. 
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги 
‖Ўзбекистоннинг янги тараққиѐт даврида таълим –тарбия ва илм-фан соҳаларини 
ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисидаги‖ги ПФ-6108-сонли Фармони. 
3. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 7 августдаги 
―Ўзбекистон Республикасида узлуксиз бошланғич, ўрта ва ўрта махсус профессионал 
таълим тўғрисидаги‖ 466-сон Қарори. 
 
TA‘LIM-TARBIYA SOHASIGA YANGICHA YONDASHUV 
Sh.O.Piniyazova, Z.B.Turımbetova NDPI Boshlang`ich 
ta‟lim kafedrasi o`qituvchisi 
 
Ta‘lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta‘minlashda pedagog-tarbiyachilarning kasbiy 
mahorati muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda xalq ta‘limi tizimida pedagoglarning kasbiy va 
ma‘naviy saviyasini yanada yuksaltirish borasida bir qancha samarali ishlar olib borilmoqda. 
Yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun, tabiiyki, o‘qituvchi-pedagoglar 
malakasi va mahorati yuksak bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, bugun yoshlar juda ilg‘or fikrlamoqda. 
Darslarni ularning talabiga mos, yuqori darajada tashkil etish uchun o‘qituvchi muntazam 
ravishda har bir mashg‘ulotga alohida tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Shu nuqtai nazardan, xalq 


215 
ta‘limi tizimiga yangi va zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini, o‘quv dasturlarini joriy etish bilan 
birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini izchil oshirib borish maqsadga muvofiqdir. 
Albatta, ta‘lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yuqorida ta‘kidlab 
o‘tganimizdek, etuk kadrlar bilan bir qatorda ta‘limga doir me‘yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik 
ta‘minotning o‘rni ham benihoyat ahamiyatlidir. Prezidentimiz tomonidan o‘qitishning 
zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o‘quvchilarning ongli ravishda 
kasb-hunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha 
yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqilgan holda qo‘yilmoqda. 
Haqiqatan ham, globallashuv jarayonining jadallashuvi o‘quv dasturlarimizni tubdan qayta 
ko‘rib chiqishni, keng bilimga ega bo‘lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga 
etkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me‘yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik majmualarni 
yaratishni taqozo etmoqda. 
Yurtimizda ta‘lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma‘noda bir-
ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma‘noda bir 
necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning 
kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening 
farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan 
g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi. Ma‘lumki, ta‘limda ilg‘or 
pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining 
samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va 
mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma‘naviyatli shaxsni tarbiyalashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ta‘lim innovatsiyalari – ta‘lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha 
yondoshuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay 
oladigan shakl, metod va texnologiyalar [1; 11]. 
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta‘limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy 
izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini 
hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday 
zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or 
pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta‘lim-tarbiya 
jarayonini sifatini kafolatlaydi. 
Bizningcha, ta‘limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 
- ta‘limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak; 
- o‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim; 
- ta‘limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart; 
- ta‘limiy o‘yinlar ham ta‘limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak; 
- ta‘limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim. 
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy 
texnologiyalar ta‘lim samaradorligiga xizmat qiladi. 
Umuman, davlat hamda jamiyat ravnaqi yosh avlodning intellektual salohiyati, intilishi, 
shijoati bilan uzviy bog‘liq. Shunga ko‘ra, ta‘lim-tarbiyani zamon talablari asosida 
takomillashtirishga mamlakatimiz barqaror rivojining muhim sharti sifatida yondashilayotgani 
ayni muddaodir. Zero, ona Vatanga sadoqatli, bilimli, chinakam komil insonlarni voyaga 
etkazish bugun barchamizning ulug‘vor maqsadimizga aylangan. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling