Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA‘LIM-TARBIYA JARAYONIDA STEAM TA‘LIMINING AHAMIYATI E.Kenesbaeva
Adabiyotlar
1. Ishmuhamedov А, Abduqodirov A., Pardayev A. Ta`limda innovasion texnologiyalar. «Toshkent» 2008 yil. 2. Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z., Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. T.: 2013. 3. Ixtiyarova G.A., Bekchanov D.J., Ahadov M.Sh. Kimyoni o‗qitishda zamonaviy texnologiyalar. Toshkent 2020. 228 TA‘LIM-TARBIYA JARAYONIDA STEAM TA‘LIMINING AHAMIYATI E.Kenesbaeva - NukusDPI Pedagogika kafedrasi assistent oʻqituvchisi D. Abdurahimova-Maktab menejmenti yoʻnalishi 2-kurs talabasi Har bir davlatning kelajagini unda ta‘lim olayotgan oʻquvchilar belgilab beradi. Shu boisdan har bir davlatda o‘quvchilarning ta‘lim-tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratiladi. Xususan, yurtimizda ham oʻquvchilarning sifatli bilim olishlari uchun koʻplab sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmonida ―Uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, ta‘lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish‖ asosiy ustuvor vazifalar sifatida belgilangan [1]. Hozirgi kunda aynan STEAM ta‘lim tizimi ta‘lim-tarbiyaning sifatini oshiradi va STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta‘limi amaliy yondashuvni qoʻllash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta‘lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan. Umumta‘lim maktablarida fanlarni oʻqitish jarayonida fan-texnika taraqqiyoti, injeneriya, matematika va kundalik hayot bilan bogʻlab oʻrganishning STEAM yondashuvi ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning dolzarb masaladir. STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosda oʻquvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda umumta‘lim fanlari boʻyich fanlararo bogʻlanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan reja. [2;13]. Masalan, 5-sinf Tasviriy san‘at fanidagi ―Sharqona shahar tasvirining eskizini ishlash‖ mavzusini STEAM ta‘lim tizimida shakillantirib ko‘ramiz [3]. S – science (tabiiy fan), bunda oʻquvchilar Ichan qal‘a burjining Xiva shahrida geografik joylashuvini oʻrganishi va shu hususida fikr yuritishi mumkin. T – technology (texnalogiya) ya‘ni bunda Ichan qal‘a burjining qurilish texnologiyasini oʻrganishlari mumkin. E – engineering (enjenerlik) bunda oʻquvchilar Ichan qal‘aning yuksak muhandislik mahorat ila yaratilganiga guvoh boʻlishlari mumkin. A – art (san‘at) STEAMning ushbu yoʻnalishida oʻquvchilar Ichan qal‘aning suratini aynan oʻzlari tassavvur qilganlaridek chizishlari mumkin boʻladi. M – mathematics (matematika). Bunda ichan qal‘a burjining qanday matematik xisob- kitoblar asosida bunyod etilganini oʻrganishadi. Aynan STEAM ta‘lim dasturida oʻquvchilar nazariy bilimlar olish bilangina cheklanib qolmaydi aksincha ular nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllab koʻrishadi va oʻrganayotgan bilimlari yuzasidan fikrlashni ham oʻrganadi. Bu esa oʻquvchilarning bilim olish samaradorligini oshiradi. Natijada har bir oʻquvchi kelajakda ushbu bilimlarga asoslangan holda hayotda oʻz oʻrnini qiynalmasdan topadi, oʻzi tanlagan sohada yetuk mutaxasis boʻlib yetishadilar. STEAM ta‘lim dasturi oʻquv samaradorligiga oʻz ta‘sirini oʻtkazmay qolmaydi. STEAMning asosiy gʻoyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya‘ni, oʻrganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qoʻlimiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida oʻrganish tez oʻzgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli oʻrganish uchun ham miyani, ham qoʻllarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni oʻzlari ―uqib oladilar‖. SТEАМ, SMART texnologiya, amaliy mashqlar va muammoli videotopshiriqlar, texnalogik kompetentsiyalarni shakllantirishning algoritmik xaritalari kabi texnologiyalar oʻrganilgan material boʻyicha bilimlarni mustahkamlash, texnologik kompetentsiyalarni 229 shakllantirish, mustaqil ravishda amaliy topshiriqlarni bajarish boʻyicha maqbul qaror qabul qilish, oʻquv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara olish, mustaqil ishlash, ijodiy yondashish, kreativ fikrlay olish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi [3.18]. Xulosa qilib aytganda, shuni ta‘kidlashni istardikki, an‘anaviy oʻqitish uslublari bilan taqqoslaganda, oʻrta maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar oʻtkazishga, maketlar tuzishga, mustaqil ravishda ijod qilishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta‘lim yondashuvi oʻquvchilarga nazariya va amaliy koʻnikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling