Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
«Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi 
toʻgʻrisida»gi Farmoni. 
2. Zaripov L.R. Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf oʻquvchilarida texnologik 
tendentsiyalarni shakllantirish metodikasi. – Toshkent TDPU (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. 
3. Kuziyev T., Abdirasilov S., Nurtoyev O‘., Sulaymonov A. 5-sinf ―Tasviriy san‘at‖. 
Toshkent, ―Oʻzbekiston‖, 2015. 
MENTAL ARIFMETIKA DARS MASHG‘ULOTLARINING
BOLA BOSH MIYASINING RIVOJLANISHIGA TA‘SIRI 
 
S.T.Kalekeeva - Nukus shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining
“Mental arifmetika” to‟garagi rahbari
 
Harbir ota-ona farzandining yetuk inson bo‘lib voyaga yetishini istaydi. Ana shu orzu 
umidlarimizning ro‘yobga chiqishi uchun bugungi kunda barcha shart-sharoitlar mavjud. 
Bilimga chanqoq bolalarimiz ham maktabda ham maktabdan tashqari ta‘lim muassasalarida 
ehtiyojlari darajasida tahsil olishmoqda. 
―Barkamol avlod‖ bolalar maktablarida tashkil etilgan ―Mental arifmetika‖ to‘garaklari 
bolalarimizning fikrlash qobiliyatlarini juda tez va antiqa hisoblash malakasini shakllantirishga 
xizmat qiladigan maskanlardan biri. 
Mental arifmetika - bolada juda tez og‘zaki hisoblash aqliy qobiliyatlarini 
rivojlantiradigan metodika bo‘lib, har bir mashg‘ulotda birnecha daqiqali jismoniy mashqlar, 
barmoqlar uchun o‘yinlar, aqliy gimnastika tadbiq etiladi.
To‘garakning asosiy vazifalaridan biri bolaning bosh miyasining o‘ng va chap 
yarimsharlarining baravar ishlashini ta‘minlash, o‘ziga ishonch, diqqat, xotira, ijodiy fikrlash, 
kuzatuvchanlik, hayoliy fikrlash kabi fazilatlarini rivojlantirish hisoblanadi [1]. 
Shuni ta‘kidlab o‘tish joizki, bolalar Mental arifmetika mashg‘ulotida asosan ―Abakus‖ 
(1-rasm) deb nomlangan sshyot orqali arifmetik amallar bajarishni o‘rganadi.
1. 
Tashqari qoplamasi 


230 
2. 
Yuqori qator businkalari 
3. 
Pastki qator businkalari 
4. 
Qiymat chizg‘ichi 
1-rasm 
Abakus businkalari 1-rasmda ko‘rsatilganidek joylashtirish kerak ya‘ni, tepa businkalari 
abacus qoplamasining tepa qismiga tegishi va pastki businkalarning pastki qoplamaga tegip 
turgan holadida taxlash kerak. Endi abakus arifmetik amallarni bajarish uchun tayyor holatga 
keldi. O‘rtada joylashgan qiymat chizig‘iga businkalar yuqoridan ham pastdan ham tegib 
turgani yo‘q. Demak abacus ―nol holati‖ da. Shuni yodda tutish lozimki, abakusda hisoblashni 
boshlash uchun abacus nol holatida bo‘lishi shart. Abakusga birdan to‘rtgacha sonlarini yozish 
uchun pastki businkalardan foydalanamiz. Hisoblashni chap tomondan 1-ustundan boshlaymiz. 
Bu yerda ham yodda saqlash shart bo‘lgan qoida mavjud. Pastda joylashgan businkalar hardoim 
qo‘limizning bosh barmog‘i yordamida qiymat chizg‘ichiga tegkuniga qadar yuqori ko‘tariladi. 
2-rasmda ko‘rsatilganidek, bosh barmoq yordamida 1 sonini hosil qildik. Demak, pastki 
businkalarni bosh barmoq yordamida qo‘shish amalini va ko‘rsatkich barmoq yordamida 
ayirish amalini bajaramiz [3].
2-rasm 
2 sonini yozish uchun 2 businka qiymat chizg‘ichiga tegishi kerak. 3 ni yozishda 3 ta, 4 ni 
yozishda esa 4 ta tosh ishlatiladi. Bu jarayon faqat 1 ustunda olib borilayotganini ko‘rish 
mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, 1-ustunda joylashgan businkalar bir xonali 
sonlarni, 2-ustundagi businkalar o‘nlik sonlarni, 3-ustundagi businkalar yuzlik sonlarni va.h. 
ifodalaydi.
Mental arifmetika dars mashg‘ulotlari mobaynida bolalar abakus sshyotida businkalarni 
qo‘shish va ayirish amallarini o‘rgangandan so‘ng shu jarayonni ―Abacus taxtasi‖da (3-rasm) 
bajarish o‘rgatiladi.
3-rasm Abakus taxtasi
Abakus taxtasi - bolalarning geometrik shakllarni qabul qilib olishini ta‘minlab beradi. Bu 
taxtadagi har bir businkani o‘zi hayolida qiymat chizg‘ichiga qadar siljitadi. Misol: 2+2-1-2+3-
1
Sonlarni eshitganidan bola barmoqlari bilan hayolida businkalarni o‘rnidan siljitishni 
boshlaydi. Har bir businkaning qay yerda turganligini yodida saqlab qoladi va javobini 
so‘rashganida, shu businkalar turgan joyni adashmasdan aytishadi. 


231 
Har bir dars mashg‘ulotida o‘rgatilgan formulalar asosida abakus taxtasidan faol 
foydalanishni o‘zlashtiradi. Bola endi buyuk adiblarning yoki o‘zi yod olgan she‘rlarni aytib 
turgan holda misol yechish bosqichini o‘zlashtiradi.
Bu usulda o‘qituvchi misolda berilgan sonlarni ketma ket aytib turadi. Bola bu jarayon 
vaqtida ham o‘zi avval yod olgan she‘rini aytib turadi ham o‘qituvchining aytayotgan sonlarini 
eshitadi ham abakus taxtasiga qarab turgan holda businkalarni o‘rnidan siljitib, misolni yechadi.
Shu yerda bosh miya haqida batafsil ma‘lumot berib o‘tish o‘rinlidir.
Bosh miya ikkita, ya‘ni chap va o‘ng yarimshardan iborat.
Bosh miyaning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan. Shuning uchun ham bosh 
miyaning chap yarim sharida so‘z bilan bog‘liq barcha tafakkur operaciyalari amalga oshiriladi. 
Bosh miyaning o‘ng yarim shari ob‘ektlarning fazoviy joylashuvini tahlil qilish uchun 
javob beradi. Demak, bosh miyaning o‘ng yarim shari dunyoni so‘z ishtirokisiz qabul qiladi va 
bu yerda, asosan, ko‘rish analizatorlarining ahamiyti kata. Obrazli qilib aytganda, chap yarim 
shar asosan, so‘z bilan, ong yarim shar esa ko‘z bolan dunyoni idrok etadi. Bu uyg‘unlik 
saqlangan bo‘lsa, insonning xotirasi ham mustahkam bo‘ladi [2]. 
Bolaning yuqoridagi misolni yechish vaqtida bosh miyasinining ikki yarim shari ham faol 
ishlaydi ya‘ni bola she‘r aytishi vaqtida bosh miyasining chap yarim shari faol ishladi va ko‘zi 
bilan abakus taxtasidagi geometrik figuralarni ya‘ni businkalarni o‘z o‘rnidan qo‘zg‘atib, misol 
yechish vaqtida esa, o‘ng yarim shari ham faollashdi.
Bu yuqorida aytib o‘tgan usul o‘naqaylar uchun xosdir. Shunday bir vaziyatlar bo‘ladiki 
bola chapaqay bo‘lishi mumkin. Chapaqaylarda esa nutq markazlari bosh miyaning o‘ng yarim 
sharida joylashgan. Demak, chapaqaylarda chap yarimshar bajaradigan aksariyat funkciyalar 
o‘ng yarimshar zimmasiga yuklatilgan.
Bolalarning bosh miyasining o‘ng va chap yarimsharlarini baravar rivojlanishini ta‘minlab 
beradigan samarali usullardan yana biri – Rangli taxta (4-rasm). 
Rangli taxtani bolalar foydalanishi uchun ular so‘zlarni o‘qiy oladigan bo‘lishi kerak. Bu 
taxtadagi желтый so‘zini rangini aytishi kerak ya‘ni rangi-синий. Shu tarzda keyingi 
so‘zlarning ham rangini aytib berishi kerak [4]. 
4-rasm 
Bola har kuni shunga o‘xshagan mashqlarni ishlashi natijasida uning xato qilmay 
bajarayotganini ko‘rish mumkin. Bolaning har kuni qancha so‘zni to‘g‘ri aytganini va qancha 
vaqt mobaynida bajarganini qayd qilib borish kerak. 
Jamiyatimizda o‘naqay va chapaqaylardan tashqari yana – ambidekstrlar ham uchrashadi.
Ular oliy ruhiy funkciyalarni bajarishda miyaning ikkala yarim shari bir xilda ishtirok 
etadiganlar. Bundaylar ikkala qo‘li bilan ham bir xil ishlay oladiganlardir [2]. 
Bolalarga yana bir usuldan foydalanib mashq qildirish orqali uarning ham ikkala qo‘li 
bilan bir xil ishlay olishiga o‘rgatishga bo‘ladi. Dars mobaynida bu usuldan foydalanish 
bolalarning diqqatini jamlashiga va miyasining rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bu usul – Ikkala 
qo‘lda bir vaqtda chizish hisoblanadi [4] (5-rasm).


232 
5-rasm 
Rasmda ko‘rsatilganidek qilib bolalarga tayyorlab beriladi. Bu usuldan foydalanish 
chog‘ida bolalar diqqatini qo‘llarining bir vaqtda bir xil ishlashiga qaratadi va nuqtalarni bir-
biriga ulab chiqishadi. Bu bolalar uchun judayam zavqli jarayon bo‘ladi. Har kuni o‘zlarining 
ismini va familiyasini shunga o‘xshagan so‘zlarni ikkala qo‘li bilan bir vaqtda yozishni mashq 
qilsa ham bo‘ladi. Ular bu usulni ikki qo‘lda ham yaxshi bajara oladigan bo‘lgandan keyin 
ozgina bu mashqqa murakkabliroq qilishga bo‘ladi. Bunda bolalarga bir qo‘lida uchburshak 
rasmini chizsa, ikkinchi qo‘li bilan doira yoki boshqa geometrik figuralarni chizdirish mumkin.
Shunda bolalar ikkala qo‘lini ham bir vaqtda ishlatishga o‘rganadi.
Xulosa qilish mumkinki, yuqorida aytilgan usullardan bola har kuni darsdan bo‘sh 
vaqtlarida foydalansa, bolada narsa va buyumlar joylashgan joyni yodida saqlab qolish 
qobiliyati ham rivojlanadi. Bu mashqlardan nafaqat Mental arifmetika balki, boshqa dars 
mashg‘ulotlarida ham foydalansa bo‘ladi. Bu usallar bola miyyasining to‘g‘ri rivojlanishiga 
katta yordam beradi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling