Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Adabiyotlar 
1. Ishmuhamedov А, Abduqodirov A., Pardayev A. Ta`limda innovasion texnologiyalar. 
«Toshkent» 2008 yil. 
2. Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z., Interfaol metodlar: mohiyati va 
qo‘llanilishi. T.: 2013. 
3. Ixtiyarova G.A., Bekchanov D.J., Ahadov M.Sh. Kimyoni o‗qitishda zamonaviy 
texnologiyalar. Toshkent 2020. 


228 
TA‘LIM-TARBIYA JARAYONIDA STEAM TA‘LIMINING AHAMIYATI 
 
E.Kenesbaeva - NukusDPI Pedagogika kafedrasi assistent oʻqituvchisi 
 D. Abdurahimova-Maktab menejmenti yoʻnalishi 2-kurs talabasi
Har bir davlatning kelajagini unda ta‘lim olayotgan oʻquvchilar belgilab beradi. Shu 
boisdan har bir davlatda o‘quvchilarning ta‘lim-tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratiladi. Xususan, 
yurtimizda ham oʻquvchilarning sifatli bilim olishlari uchun koʻplab sharoit va imkoniyatlar 
yaratilmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Oʻzbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmonida 
―Uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, ta‘lim darajasini sifat 
jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish‖ asosiy ustuvor vazifalar sifatida belgilangan [1]. 
Hozirgi kunda aynan STEAM ta‘lim tizimi ta‘lim-tarbiyaning sifatini oshiradi va STEAM 
tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta‘limi amaliy yondashuvni 
qoʻllash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta‘lim tizimiga integratsiyalashuviga 
asoslangan.
Umumta‘lim maktablarida fanlarni oʻqitish jarayonida fan-texnika taraqqiyoti, injeneriya, 
matematika va kundalik hayot bilan bogʻlab oʻrganishning STEAM yondashuvi ta‘lim-tarbiya 
jarayonini tashkil etishning dolzarb masaladir. STEAM zamon talablari asosida xalqaro 
miqyosda oʻquvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda umumta‘lim fanlari boʻyich fanlararo 
bogʻlanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan reja. [2;13]. 
Masalan, 5-sinf Tasviriy san‘at fanidagi ―Sharqona shahar tasvirining eskizini ishlash‖ 
mavzusini STEAM ta‘lim tizimida shakillantirib ko‘ramiz [3]. 
S – science (tabiiy fan), bunda oʻquvchilar Ichan qal‘a burjining Xiva shahrida geografik 
joylashuvini oʻrganishi va shu hususida fikr yuritishi mumkin.
T – technology (texnalogiya) ya‘ni bunda Ichan qal‘a burjining qurilish texnologiyasini 
oʻrganishlari mumkin.
E – engineering (enjenerlik) bunda oʻquvchilar Ichan qal‘aning yuksak muhandislik 
mahorat ila yaratilganiga guvoh boʻlishlari mumkin.
A – art (san‘at) STEAMning ushbu yoʻnalishida oʻquvchilar Ichan qal‘aning suratini 
aynan oʻzlari tassavvur qilganlaridek chizishlari mumkin boʻladi. 
M – mathematics (matematika). Bunda ichan qal‘a burjining qanday matematik xisob-
kitoblar asosida bunyod etilganini oʻrganishadi. 
Aynan STEAM ta‘lim dasturida oʻquvchilar nazariy bilimlar olish bilangina cheklanib 
qolmaydi aksincha ular nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllab koʻrishadi va oʻrganayotgan 
bilimlari yuzasidan fikrlashni ham oʻrganadi. Bu esa oʻquvchilarning bilim olish 
samaradorligini oshiradi. Natijada har bir oʻquvchi kelajakda ushbu bilimlarga asoslangan holda 
hayotda oʻz oʻrnini qiynalmasdan topadi, oʻzi tanlagan sohada yetuk mutaxasis boʻlib 
yetishadilar. 
STEAM ta‘lim dasturi oʻquv samaradorligiga oʻz ta‘sirini oʻtkazmay qolmaydi. 
STEAMning asosiy gʻoyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. 
Ya‘ni, oʻrganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qoʻlimiz bilan ham ishlashimiz kerak. 
Faqat sinf devorlarida oʻrganish tez oʻzgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM 
yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli oʻrganish 
uchun ham miyani, ham qoʻllarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni oʻzlari ―uqib oladilar‖. 
SТEАМ, SMART texnologiya, amaliy mashqlar va muammoli videotopshiriqlar
texnalogik kompetentsiyalarni shakllantirishning algoritmik xaritalari kabi texnologiyalar 
oʻrganilgan material boʻyicha bilimlarni mustahkamlash, texnologik kompetentsiyalarni 


229 
shakllantirish, mustaqil ravishda amaliy topshiriqlarni bajarish boʻyicha maqbul qaror qabul 
qilish, oʻquv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara olish, mustaqil ishlash, 
ijodiy yondashish, kreativ fikrlay olish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat 
qiladi [3.18]. 
Xulosa qilib aytganda, shuni ta‘kidlashni istardikki, an‘anaviy oʻqitish uslublari bilan 
taqqoslaganda, oʻrta maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar oʻtkazishga, maketlar 
tuzishga, mustaqil ravishda ijod qilishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy 
mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta‘lim yondashuvi oʻquvchilarga nazariya va amaliy 
koʻnikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling