Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 156.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi156.66 Kb.
#1201397
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

Izlanuv prognozi izlanayotgan ob‘ektlarning kelajakdagi rivojlanish 
darajasiga asoslangan bo‘lib, bu darajalarni qo‘llash sharoitlaridan cheklashadi. 
Uning vazifasi o‘rganilayotgan ob‘ekt bor tendensiyalar saqlangan holda qanday 
rivojlanishini o‘rganishdir.
Normativ prognoz izlanuv prognozlaridan farqli o‘larok oldin qo‘yilgan 
maqsadlar bazasida ishlab chiqiladi. Uning vazifasi maqsad qilib olinayotgan 
obektning kelajakdagi holatini prognozlash yo‘li va erishish vaqtini aniqlashdir.
Izlanuv prognozi ob‘ektning oldingiga nisbatan kelajakdagi holatini 
aniqlashdan qaytayotgan bir vaqtda, normativ prognoz teskari tartibda amalga 
oshiriladi, ya‘ni kelajakdagi holatini qo‘yilgan maqsadining tendensiyalari va uni 
qo‘llash tartibida amalga oshiriladi.
Prognozlar turlanishi prognozlash yo’llari bilan uzviy bog’liq. Bir - birini 
to‘ldiruvchi uch xil prognozlash usullari mavjud.
1.Ekspert usuli. Bu usul boshlangich axborotlarni yig’ish (anketa, intervyu) 
va ularni tahlil kilishga asoslanadi. Shu bilan birga prognoz maqsadi ekspertlar 
tomonidan qilingan tahlilga asoslanadi.
2.Ekstropolyatsiya – bu, ob‘ektning bo‘lishi mumkin bo‘lgan rivojlanishini 
o‘rganish va uning kelajakdagi rivojlanish qonuniyligidir.
3.Modellash – bu, prognozlashtirilayotgan ob‘ekt tuzilishida kutilayotgan 
o‘zgarishlarning normativ modellaridagi izlanishdir.
Prognozlash amaliyotida sanab o‘tilgan prognozlarni ishlab chiqish yo‘llari 
birgalikda qo‘llaniladi. 
8.3.Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usuli. 
Iqtisodiy prognozlashning fan sifatida rivojlanishida uning usuli katta rol 
o‘ynaydi. Usul – bu, o‘rganish yullari va usullarini tanlash hamda shu tarmoqdagi 
haqiqat ko‘rinishlarini umumiylashtirishdir. Iqtisodiy prognozlashning usuli har bir 
tarmoqda bo‘lganidek izlanayotgan ob‘ektlarga qarashli, o‘rganilayotgan omil va 
ko‘rinishlar asosiga kirish mumkin bo‘lgan dialektik usuldir. U umumiy ilmiy 
usullar va izlanishiga yondashuv hamda iqtisodiy ko‘rinishlarni ilmiy prognozlashga 
asoslangan o‘ziga xos usullar asosida ishlatiladi.
Umumiy yondashuvlardan quyidagilarni ajratish mumkin:
tarixiy yondashuv;
kompleks yondashuv;
tizimli yondashuv;
tuzilmaviy yondashuv;


tizimli-tarkibiy yondashuv.

Download 156.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling