Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 156.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana15.02.2023
Hajmi156.66 Kb.
#1201397
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

Strukturaviy yondashuv prognozlash ob‘ektlarida izlanish katta rol 
o‘ynaydi. Strukturaviy yondashuvda izlanish ob‘ekti o‘zi tarkibidagi elementlar va 
ularning o‘zaro harakatida ko‘rib chiqiladi. Bu esa o‘rganilayotgan ob‘ekt haqidagi 
tasavvurni kengaytirishga imkon beradi.
Tizimli - tarkibiy yondashuvi bir tomondan, tizimni dinamik rivojlanayotgan 
bir butunlik sifatida qarashni ko‘zda tutsa, ikkinchi tomondan, tizimning o‘zaro 
harakatdagi strukturaviy elementlariga bo‘linishidir, chunki haqiqatda har bir 
tarkibiy element boshqa hamma elementlarga qanday ta‘sir etsa, butun tizimga ham 
shunday ta‘sir etadi. Bu bilan tizim elementlari aloqasining qonuniyligini ochish 
imkoni paydo bo‘ladi.
 
 
 
 


8.4 «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash» kursining tarkibi 
va vazifalari. 
Bu kursning vazifalari xalq xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha hukumat 
qarorlaridan kelib chiqadi. Bu vazifalar hozirgi kunda iqtisodiy strategiya barcha 
strategiyalardek fundamental, uzoq muddatli, maqsadli masalalarni qo‘yishdan 
boshlanadi. Ular orasida eng yuqori maqsad - xalqning madaniy va moddiy yashash 
darajasini asta-sekinlik bilan ko‘tarishdir. Iqtisodiy strategiya qo‘yilgan maqsadga 
borish yo‘llari va aniq usullarini o‘z ichiga oladi. Bunda iqtisodiy prognozlash katta 
ahamiyatga ega.
Kursning maqsadi asosiy tamoyillarni va yo‘llarni o‘rganish asosida 
jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga bog’langan holda, bu 
tarmoq tajribasi va amaliyoti misolida prognozlashni amaliy o‘rganishdan iborat.
 
Qisqacha xulosalar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy prognozlar jamiyatni rivojlanish 
maqsadlarini aniqlash va bunga erishish kerakligi iqtisodiy resurslarni hajmini 
hisoblashda zarur. Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozlash deyiladi.
Iqtisodiy 
prognozlashning 
nazariy 
muhim 
muammolaridan 
biri 
prognozlarning turlarining hisoblash. Prognozlar funksional belgisiga qarab 
quyidagi: normativ va izlanuv prognozlariga bo‘linadi.
Bir-birini to‘ldiruvchi uch xil prognozlash: ekspert, ekstrapolyatsiya, 
modellash usullari mavjud.
Iqtisodiy prognozlash tarixiy, kompleks tizimli, tuzilmaviy va tizimli 
tuzilmaviy yondashuvlarga bo‘linadi. 
Kursni maqsadi iqtisodiy tamoyillarini va yo‘llarini o‘rganish asosida 
jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarga bog’langan bu tarmoq 
tajribasi va amaliyoti misolida prognozlashni amaliy o‘rganishdan iborat.
 
Nazorat va muhokama savollari. 
1. Prognoz va prognozlash tushunchalari?
2. Iqtisodiy prognozlashning mohiyati nimadan iborat?
3. Tuzilish muddatiga ko‘ra prognozlash qanday turlarga ajratiladi?
4. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda prognozning roli?
5. Prognoz qanday klassifikatsiyalanadi?
6. Prognozli yondashuvni mohiyati?
7. Tuzilmaviy yondashuvning mohiyati?
8. Kursning vazifasi?
 

Download 156.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling