Ўзбкистон республикаси
Sanoat korxonalarining moddiy resurslar bilan ta’minlanishini
Download 303 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.8. Mahsulot tannarxini tahlil qilish usullari
- .9.Yerdan foydalanish kо‘rsatkichlarini tahlil qilishning uslubiy asoslari.
7.7. Sanoat korxonalarining moddiy resurslar bilan ta’minlanishini
va ulardan foydalanishni tahlil qilish usullari Mahsulot ishlab chiqarish hajmining о‘sishi о‘z navbatida mehnat buyumlarining ortishiga olib keladi. Agar xalq xо‘jaligining ayrim tarmoqlarida (yengil sanoat) moddiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlarida tutgan salmog‘i 80 foizni tashkil etishini nazarda tutsak, u holda material sarfini kamaytirishning xalq xо‘jaligida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini kо‘ramiz. Korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti holatini tahlil qilish uchun ularning ta’minot bо‘limi va omborxona ma’lumotlariga murojaat qilish kerak bо‘ladi. Ana shu ma’lumotlarga asoslangan holda materiallar guruhi bо‘yicha keltirilishi va biznes-rejaning bajarilishini aniqlash mumkin. Moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish darjasini ifodalovchi umumlashgan kо‘rsatkich material qaytimi hisoblanadi. U moddiy xarajatlarning bir sо‘mi hisobiga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligini kо‘rsatadi. Material samarasini aniqlash uchun tovar mahsuloti yoki sof tushum hajmi moddiy xarajatlar qiymatiga bо‘linadi. Material qaytimi kо‘rsatkichining aksi material sig‘imidir. U bir sо‘m tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun necha tiyin moddiy xarajatlar tо‘g‘ri kelishini kо‘rsatadi. 7.8. Mahsulot tannarxini tahlil qilish usullari Mahsulot tannarxi korxonalar xо‘jalik faoliyatini ifodalovchi sifat kо‘rsatkichi bо‘lib, korxonalar faoliyatining hamma tomonlarini, ya’ni ishlab chiqarish va moliyaviy tomonlarini aks ettiradi va ularning ish samaradorligini kо‘rsatadi. Mahsulot tannarxi deganda, mahsulot ishlab chiqarish, sotish va korxona moliyaviy faoliyati bо‘yicha barcha xarajatlarining pul orqali ifodalanishi tushuniladi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar о‘zlarining iqtisodiy mazmuniga muvofiq quyidagi xarajat unsurlariga bо‘linadi: 1.Ishlab chiqarish material xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda). 2.Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq tо‘lash xarajatlari. 3.Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. 4.Ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. 5.Ishlab chiqarish ahamiyatidagi boshqa xarajatlar. Mahsulot tannarxini tahlil qilish jarayonida bir sо‘mlik tovar mahsulotiga ketgan xarajat kо‘ratkichini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. U ishlab chiqarish tannarxini tovar mahsuloti hajmiga nisbati tariqasida aniqlanadi. fsil beriladi. 7.9.Yerdan foydalanish kо‘rsatkichlarini tahlil qilishning uslubiy asoslari. Qishloq xо‘jaligi korxonalarini Iqtisodiy samardorlik kо‘rsatkichlarini belgilash yerdan foydalanish jarayoni tahlilining muhim vazifasidir. Bunday asosiy maqsad yerdan foydalanish kо‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlarini qidirib topish, har bir xо‘jalikdagi ekin maqdonining unumdorligini saqlash va oshirish yо‘llarini ishlab chiqishdir. Qishloq xо‘jalik korxonalarini ixtisoslashtirish va ularning xо‘jalik faoliyati natijalari kо‘p jihatdan bu korxonalar ishlab chiqarishi bilan bog‘liq tabiiy-iqtisodiy omillarga bog‘liq. Bunday omillardan eng asosiysi erdir. Shu boisdan ham qishloq xо‘jaligi korxonalari faoliyatining iqtisodiy tahlili ularda erdan foydalanish jarayonini о‘rganishdan boshlanadi. Yerlarning sifat tarkibidagi о‘zgarishlarni tahlil qilish va ulardan foydalanish darajasini о‘rganish jarayonida quyidagi qо‘shimcha kо‘rsatkichlar aniqlanishi zarur: - butun er maydonida qishloq xо‘jaligi erlarining salmog‘i; - umumiy haydaladigan er maydonida sug‘oriladigan erlar salmog‘i; - haydaladigan erlardan foydalanish darajasi. Qishloq xо‘jaligini jadallashtirish murakkab iqtsodiy jarayon bо‘lib, u qishloq xо‘jaligi korxonasi iqtisodiyotinig eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu yо‘nalish tahlili davomida jadallashtirish darajasi va uning samaradorligini belgilash uchun quyidagi kо‘rsatkichhlar tizimi har taraflama о‘rganiladi: - mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi (er maydoni birligiga tо‘g‘ri keladigan xodimlar soni); - er maydoni birligiga tо‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lar qiymati (fondlar bilan ta’minlanish darajasi); - ekin maydoni yoki haydaladigan er birligiga tо‘g‘ri keladigan mehnat va mablag‘lar; - ekin maydoni yoki haydaladigan er birligiga sarflangan о‘g‘it miqdori; - mahsuldor chorva birligi (bosh hisobiga). Jadallashtirshning iqtisodiy samaradorligini belgilovchi asosiy kо‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: - ekinlar hosildorligi, chorva mollari va parrandalar mahsuldorligi; - haydaladigan er birligiga tо‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof daromad; - mehnat unumdorligi va mehnat haqi; - fond samarasi; Download 303 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling