JAVOBLAR
Ayrim kishilar butun bahor-u yoz ko‘zimizni yashnatgan,
bahri dilimizni
musaffo havosi bilan
yayratgan barglarni kuzda
xazonlardan qutulish uchun
yoqadilar. To‘kilgan
yaproqlarni to‘plab yoqish o‘zlari uchun qanchalik
zararli
ekanini
fahmlamaydilar. Quruq o‘tinni yoqish jarayonida juda xavfli bo‘lgan
dioksin moddasi ajralib chiqadi. Yoqish o‘rniga yaproqlarni bir joyga
to‘
plab, ho‘llab
ko‘mish kerak. O‘shanda chiqindilar ma’lum vaqt o‘tgach, tayyorgina o‘g‘itga
aylanadi. Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali
inson tanasiga kirgach, oshqozon osti
bezi, o‘pka va immun tizimini zararlaydi. Ko‘pincha xavfli o‘sma va og‘ir
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Inson tabiatning
bir qismi ekanini
tushunishi, tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri qaytib kelib o‘ziga salbiy ta’sir etishini
anglashi lozim.
Matn asosida quyidagi shartlarni bajaring.
1.Matnga sarlavha toping.
Tabiat muvozanati – hayot muvozanati, Inson va
tabiat. Ekologik vaziyat buzilishi
2. Matn ichida keltirilgan fe’l-kesimlarni aniqlang.
Yoqadilar, fahmlamaydilar, ajralib chiqadi, ko’mish kerak, aylanadi,
zararlaydi, sabab bo’ladi, anglashi lozim.
3. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning sinonimlarini toping
1
Musaffo
Tiniq
2
Yayratgan
Quvnatgan
3
Yaproq
Barg
4
Zararli
Ziyonli
5
Fahmlamaydilar
Anglamaydilar
6
Inson
Odam, kishi
7
To‘plab
Yig‘ib
4. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri
T/r Ma’lumotlar
To‘g‘ri
Noto‘g‘ri
1
Tabiiy muvozanatning buzilishi- hayot
muvozanatining buzilishidir.
2
Mashinalardan chiqayotgan
zararli gazlarning
ortishi salbiy oqibatlarga olib kelmaydi.
3
Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali inson
tanasiga kirgach, yurakni zararlaydi.
4
Dioksin xavfli o‘sma va og‘ir kasalliklarning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
5
Barglarni to‘plab, ho‘llab yoqilsa, tayyor
o‘g‘itga aylanadi.
5. Berilgan so‘zlarni matn tarkibidagi aniqlovchilar bilan biriktiring.
Ayrim kishilar,
musaffo havo,
quruq o‘tin,
xavfli o‘sma,
tayyorgina o‘g‘it,
salbiy ta’sir.