Zichlik va uning birliklari
Download 0.79 Mb.
|
zichlik va uning birliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI Chortoq tumani xalq ta`limi
- Darsningmavzusi
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Dars turi
- Darsning blok chizmasi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI Chortoq tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 53-IDUM fizika fani o‘qituvchisi Boymirzayeva Zuhraning fizika fanidan 6-sinflar uchun “ZICHLIK VA UNING BIRLIKLARI” mavzusidagi 1 soatlik Dars ishlanmasi Darsningmavzusi: Zichlik va uning birliklari .Beruniy va Xozinning Zichlikni aniqlash usullari. Darsning ta`limiy maqsadi:o‘quvchilarga modda zichligi haqida va zichlikni XBSdagi o‘lchov birligiga oid bilimlar berish; buyuk allomalarimizning zichlik va uni o‘lchash uchun yaratgan asboblari bilan tanishtirish ;zichlik, massa va hajmni bog‘lovchi formulaga oid masalalar yechish ko nikmasini shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi:buyuk allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy va Abdurahmon Xozinning ishlarini tushuntirish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarda do‘stlik, bir- birini o‘zaro hurmat qilish kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirib, mustaqil fikrlashga, egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish.O`quvchilarda kasbiy tayyorgarlik sifatlarini shakllantirish. Darsning tayanch kompetensiyalari: Kommunikativ kompetensiya:Zichlik tushunchasi vauni mohiyatini tushunadi, uning XBS dagi o`lchov birligini , uni aniqlash formulasini , Qattiq ,suyuq va gaz moddalarning zichliklari orasidagi farqni tushunadilar; O’z-o’zini rivojlantiruvchi kompetensiya: o’zini jismonan hamda ruhan chiniqtira oladilar; Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: Qo`shimcha adabiyotlardan mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlarni aniqlaydilar; Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, buyuk allomalarning ibratli hayotidan o’rnak oladilar va ularni tahlil qila oladilar; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya: sinfda, oilada, maktabda o’tkaziladigan jamoat tadbirlarda faol ishtirok etadilar; Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish, fizikani o’rganishda turli formulalardan, darslikda berilgan jadval va ma`lumotlardan foydalana oladilar; Dars turi: o‘quvchilarga yangi bilimlar berish va bilimlarni mustahkamlash darsi Dars uslubi:”Sayohat “darsi, “tarozi’ o`yini, ”to‘ g‘`risini top” treningi, namoyish -tajriba o`tkazish , ” aqliy hujum”, faol ma’ruza, guruhlarda ishlash, fizik diktant, o`z-o`zini tekshirish orqali baholash. Dars jihozi:6-sinf fizika kitobi, multimediya elektron darslik. Kompyuter, slaydlar, namoyish uchun jihozlar:2 ta menzurka ,suv, yog`,chizg`ich,elektron tarozi “tarozi o‘yini, ”to‘g‘risini top”treningi tarqatmalari, fizik diktant materiallari, Kalit so`zlar yashiringan xarflar to‘lami. Darsning blok chizmasi:
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling