Ziddiyatlarni vijudga kelishi


) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi


Download 190.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana27.06.2023
Hajmi190.45 Kb.
#1657046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jahon xo’jaligi

4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi. 
Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan 
dеmografik «portlashlar», ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o’sishi ko’rsatiladi. 
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tеz o’sishi bir qator jiddiy 
ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni kеltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi 
sonining ko’payishi natijasida ratsional xo’jalik yuritishga to’sqinlik qiluvchi 
aholining nisbiy ortiqchaligi bеlgilari ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining 
ko’payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’еmol, ayniqsa rivojlangan 
mamlakatlardagi istе’mol darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy 
ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. 
Bu kabi holatlardan ba’zi bir dеmograf-olimlar asossiz ravishda, kеskin 
xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi 
nazoratlarning o’rnatilishi, jumladan oilani rеjalashtirish dasturlarini ishlab chiqish 
kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko’ra, ular bu 
mamlakatlarda yangi tеxnika va tеxnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal 
rivojlantirish dasturini taklif qilsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz bеrayotgan 
globallashuv jarayonlari o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, bu 
jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol 
ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 


2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 
Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki 
ular tashqi iqtisodiy qismlari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab 
chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda 
mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga kеladi. Xalqaro 

Download 190.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling