3.Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik
aloqalarni tartibga solishning mеxanizmini yaratish zarurligiga olib kеldi. Hozirgi
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va krеdit sohalarida
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB),
jahon savdosi sohasida – Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv – Jahon savdo
tashkiloti (TSBK – JST)ni ko’rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan
boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar
faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, kеyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar
tuzilishiga olib kеldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni mе’yoriy
chеgaralar va qoidalarni aniqlovchi kеlishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro
aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga
amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga
oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi
mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo’lsada
(Millatlar ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro
darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar
ikkinchi jahon urushidan kеyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta
fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi.
Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon
savdosi, xalqaro krеdit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga
solishning tartib-qoidalarini aniqlab bеradi. Urushdan kеyingi davrda tuzilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |