Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
texnologiyalari
markazida yuritiluvchi http://moodle.kspi.uz/ tizimida o’qitishning modulli tizimini joriy etish. Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutini Axborot texnologiyalari markazida yuritiluvchi http://moodle.kspi.uz/ tizimida o’qitishning modulli tizimini joriy etish natijasi sifatida talabalarning mustaqil ta’limini o’zlashtirishida ta’lim sifati va samaradorligi, amaliy va nazariy rivojlanishining ma’lum darajasida aks etadi. Modulli o’qitish tizimidan foydalangan holda talabalarning mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish - uning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy, pedagogik hamda ilmiy-texnik taraqqiyoti talablari, maqsad, ehtiyoj, qoida, davlat ta’lim standartiga mos kelishini ta’minlashi kerak. Talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini elektron ta’lim resurslaridan hususan modul tizimidan foydalangan holda tashkillashtirishda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarning yaratilishi asos sifatida olinadi: - Tashkil etiladigan o’quv kursga - mashg’ulot, mavzu, bo’lim maqsadini qo’yish, maqsadlarini tabaqalashtirish va integratsiyalash, mazmunning didaktik 61 elementlarini, ularning turlari va belgilarini ajratishi, talabalarning faoliyatini maqsadini unga mos amaliyotda o’tkazish jarayonini ishlab chiqish; - o’quv kursini yaratishda tizimli mazmuniy ta’minot. U talabalarning o’quv kursidan foydalanishda o’quv materialiga doir ma’ruza bilan tanishib chiqish, o’quv kursi tegishli mavzusiga doir tayanch so’zlari glossary ko’rinishida taqdim qilinishi, mavzuga doir taqdimot yoki elektron manbalar o’quv kursining tegishli mavzusiga biriktirilishi va shunga o’hshash o’quv kursining mazmuni va mohiyatini ochib berishga mo’ljallangan boshqa elementlar bilan tizimlashtirishni nazarda tutadi. - o’quv kursinining moslashuvchan tashkiliy metodik ta’minoti. U talabadan tanlangan fanga, o’rganilayotgan mavzuga, talabaning individual xususiyatlariga mos manbalar asosida yaratilganligini ko’rsatib beradi; - o’quv kursini o’rganishda konstruktiv operatsional–faoliyatli yo’nalganlik. U talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda uning ijodiy qobiliyatlari, mualliflik niyatlari, reflektsiyasini rivojlantirish, o’quv jarayonining vazifaviy strukturasi imkoniyatlari, o’qituvchilar va talabalarning dialogik o’zaro ta’sirini hisobga olib, loyihalash va konstruktiv o’quvlarini tarbiyalash uchun sharoitlar yaratiladi; - o’quv fanining o’rganishda motivatsiyali ahamiyatli yo’nalish. U o’qituvchining axborot kommunikatsiya tехnоlоgiyalaridan foydalanish loyixasini ishlab chiqishga turg’un qiziqish va motivatsiyani rivojlantirish, ishlab chiqilgan loyihalarni Oliy ta’lim jarayonida amaliyotda ro’yobga chiqarish imkoniyatlarini berish asosida yuzaga keladi. O’qituvchining elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodik kompetentligi rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun, talabalarning yangi bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash darajasini aniqlashda test, so’rovnomalar va muammoli vaziyatli topshiriqlar metodlaridan foydalanildi. Tajriba–sinov ishlari 2018–2019 yil o’quv yilida amalga oshirilib, unga 42 nafar talaba jalb etildi. Tadqiqotning asosiy tajriba–sinov ishlari QDPI Fizika- Matematika fakulteti “Informatika o‘qitish metodikasi” yo’nalishi 3-kurs 62 talabalarining “Axborot tizimlari” fanidan mustaqil ta’lim jarayonini Axborot texnologiyalari markazida yuritiluvchi Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling