Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
http://moodle.kspi.uz/
manzilidagi o’qitishning modulli tizimida tashkil etildi. Tajriba–sinov ishlarining samaradorligini aniqlash maqsadida, tanlangan guruhlar teng asosda tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhida, tadqiqot ishlarimizda tavsiya etilayotgan talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda tashkillashtirish asosida amaliy faoliyat yo’lga qo’yilgan bo’lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda mustaqil ta’limni tashkil etish ishlari olib borildi. Tajriba – sinov ishlari jarayonida, tajriba guruhi, o’qitishning modulli tizimini joriy etish natijasi sifatida talabalarning mustaqil ta’limini o’zlashtirishida ta’lim sifati va samaradorligi, amaliy va nazariy rivojlanishi omillariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: - mustaqil ta’limning asosiy maqsadini ifoda etib bera olish; - o’quv faoliyatini talablar darajasida tashkillashtira olish; - mustaqil ta’lim faoliyatning dasturini tuzish; - talaba ta’lim olish davomida mustaqil ta’lim qilib berilgan mavzularni o’rganish natijasida olingan bilimlarni qo’llay olishi; - talaba mustaqil ta’lim mavzularni tushuntirishda va faoliyati davomida qo’llay olish; - dars jarayonida mavzuni mustaqil ta’limda olingan ma’lumotlar oraqali to’ldirish va umumiy xulosa qilish; - talabalarning mustaqil ta’limga oid bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishiga erishish; - ta’limning zamonaviy usullarini va ilg’or pedagogik texnologiyalarni mustaqil ta’limni tashkil etish davomida qo’llay olishi; - bilimlarni holisona baholash va nazorat qila olish; - bilimga bo’lgan ehtiyojni qondira olish; - o’zini – o’zi analiz qilish; 63 - amaliy va nazariy mashg’ulotlarni axborot kommunikatsiya tехnоlоgiyalaridan foydalangan holda tashkillashtira olish; - mashqlar va topshiriqlarni axborot kommunikatsiya tехnоlоgiyalaridan foydalangan holda bajarilishini nazorat qilish; - o’z-o’zini bilimini nazorat qilib borishi; Ushbu mustaqil ta’limni egallsh jarayoniga bog’liq bo’lgan tushunchalarni tarkib topganligini aniqlashga qaratilgan anketa–so’rovnomasi ishlab chiqildi. Tajriba sinov ishlari avvali va yakunida tajriba va nazorat guruhi talaba va o’quvchilar tomonidan qayd etilgan ko’rsatkichlar taqqoslandi hamda matematik– statistik metod yordamida qayta ishlandi. Mazkur holat bevosita biz tomonimizdan ishlab chiqilgan va tajriba–sinov ishlari jarayonida amaliyotda sinovdan o’tkazilgan metodikaning samaradorligini ham ko’rsatishga xizmat qildi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling