Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Zamon 
talablariga javob bera oladigan, har tomonlama yetuk, raqobatbardosh 
mutaxassislar tayyorlashda elektron ta’lim a’lohida o’rin tutadi, chunki axborot va 
bilimlar doirasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hamma 
ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlarida berib bo’lmaydi. Qo’yilgan muammo va 
vazifalar bo’yicha ma’lum yechimga kelish hamda uning optimal variantini tanlash 
uchun kerak bo’lgan mustaqil fikrlash ko’nikmasi mustaqil ijodiy ishlash 
jarayonida shakllanadi va mustahkamlanib boradi.
Bugungi kunda jahonda ta’limga kompetentli yondashuv asosida 
bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ 
kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyhalashtirishning 
zamonaviy metodik ta’minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga 
yo‘naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek oliy ta’limning 
ta’lim sifatini ta’minlash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb 
yo‘nalishlardan biri sifatida tadqiq etilmoqda. Ana shu nuqtai-nazardan ilg‘or 
xorijiy 
tajribalar 
asosida 
zamonaviy 
kasbiy 
ta’lim 
mazmunini 
internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetentsiyalarga asoslangan 
innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, elektron ta’lim va texnologiyalarini 
amaliyotga keng tatbiq etish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini 
rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o‘rin 
tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim 
muassasalarining rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4732-
son farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi 
PQ-4947-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan 
darajada xizmat qiladi. 



Xususan, talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida elektron ta’lim 
resurslaridan foydalangan holda tashkillashtirish ta’lim sifatini ta’minlashda 
muhim rol o’ynaydi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling