Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


Magistrlik dissertatsiya ishi ilmiy yangiligi


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

Magistrlik dissertatsiya ishi ilmiy yangiligi: Oliy ta’lim tizimidagi 
sub’ektlaridan biri bo’lmish talabalarning mustaqil ta’limi muhim masalalardan 
biri ekanligi hisobga olgan holda, tegishli ta’lim fanlari bo’yicha o’quv dasturlari 
mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab chiqarish bilan integrasiyalashni 
ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo’yicha mamlakatimizning 
ilg’or zamonaviy uskunalar va texnologiyalari bilan ishlash malakasini beruvchi 
elektron o’quv kurslar orqali mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkillashtirish 
mexanizmi ishlab chiqish. 
Magistrlik dissertatsiya ishi asosiy masalalari va farazlari: Ta’lim sifatini 
ta’minlashga xizmat qiluvchi elektron ta’lim resurslari va xorij adabiyotlaridan 
foydalangan holda talabalarning bilim, ko’nikmalarini oshirish. Shuningdek, 



Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutidagi http://moodle.kspi.uz/ 
tizimida guruh ishini joriy etish.
Magistrlik dissertatsiya ishi bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: 
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minotlarini, internet global tarmog’ini, 
ta’lim jarayoni va boshqa sohalarga qo’llagan holda qilingan ishlar sezilarli 
natijalarga erishilmoqda.
Jumladan,
A.Abduqodirov, A.Abdullayev, M.Boltayeva, V.Vergasov, 
P.Galperin, S.Godnik, M.Dadamirzayev, V.Kruteskiy, V.Listengarten, I.Morxova, 
N.Muslimov, 
B.Rahimov, 
M.Salayeva, 
N.Sodiqova, 
D,To’laganova, 
M.Shamsiyev, 
Sh.Sharipov, 
G.Shukina, 
R.Elmurodov, 
R.Qo’shinova va 
boshqalarning ishlarida o’quvchilar yoki talabalar mustaqil bilim olishining 
pedagogik-psixologik asoslari tadqiq qilingan.
Magistrlik dissertatsiya ishi bo’yicha qo’llanilgan uslublarning qisqacha 
tavsifi: Oliy ta’lim muassasalarining elektron ta’lim jarayonini tashkilashtirish va 
boshqarishda hozirgi kundagi keng tarqalgan, ommabop, ko’pchilik uchun 
tushunarli bo’lgan Moodle tizimidan foydalaniladi. Xususan, elektron ta’lim 
jarayonini tashkilashtirish yaratish jarayoni uchun elektron ta’lim resurslari 
qo’llanildi. Bu elektron resurslari qo’llanilishning samarali tomonlar: talabadan 
vaqt talab etmaydi, o’qish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi, bulardan 
tashqari Moodle tizimi elektron ta’lim resurslarini boshqarish, yaratish, qayta 
ishlash imkoniyatlarini bera oladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling