Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

Aralash model. Ushbu model universitet talabalarini masofali o’qitishning 
turli shakllarini, aniqrog’i shakllarning integratsiyasini nazarda tutadi. Masalan, 
kunduzgi 
shaklda 
o’qiyotgan 
talabalar 
masofali 
o’qitish 
kurslarining 
dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetning o’qituvchisi o’qiyotgan kunduzgi 
kurslari bilan parallel ravishda qisman o’qiydilar. Shuningdek, bu modelda 
an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma’ruzalar 
ko’rinishidagi mashg’ulotlar aloxida shakllarining birlashmasi bo’lishi mumkin. 
Universitet axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik 
yuqori jixozlangan bo’lsa, shunchalik o’qitish shakllari turli-tuman bo’ladi. 
Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida 
(Massey University, New Zealand – 
http:www.massey.ac.nz
) tashkil etilgan. 
Janubiy Koreya muvaffaqiyati va ta’lim tizimi
2
. Dunyoda ta’lim 
yo’nalishida Janubiy Koreya ta’lim sohasi yetakchi o’rinni egallab, ilmiy salohiyat 
ham shiddat bilan yuksalib bormoqda. Bu fikrlar isboti sifatida “Ilmiy yuksalishni 
baholash xalqaro tashkiloti” (IAEP) tomonidan 2015 yilda 19 mamlakat talabalari 
orasidan 18 yoshli o’smirlar uchun egallangan ta’lim sifatini ifodalovchi 
monitoring tadqiqotlarida Janubiy Koreya yoshlari birinchi o’rinni egalladi. 
Koreyada 359 ta oliy o’quv yurtlari mavjud bo’lib ularda 3,3 mln.ga yaqin 
talabalar tahsil olishadi. Ushbu oliy o’quv yurtlarining 222 tasi to’rt yillik kollejlar, 
180 tasi xususiy ta’lim muassasalaridir. Jami mavjud oliy o’quv yurtlarining 85 
foizi xususiy ta’lim muassasalaridir. Universitetlarda 78%, kasbiy maktablarda 96 
% talabalar xususiy ta’lim muassasalarida o’qishadi. Universitetlarning umumiy 
xarajatlarini 23% davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Boshqa rivojlangan 
davlatlar qatori Koreyada ham oliy ta’lim ikki bosqichda (bakalavriat va 
magistratura) olib boriladi. 
Bakalavriat ta’lim dasturlari 4 yilga mo’ljallangan bo’lib, kamida 130 kredit 
birligidan iborat. O’quv dasturining birinchi ikki yili umumkasbiy o’quv 
2
Success and Education in South Korea Clark W.Sorensenp 34-39 2004 http// Retrieved 
15.07.2015 from://www.jstor.org. 


25 
fanlaridan, oxirgi ikki yili esa mutaxassislik fanlaridan iborat. Semestr 16 haftadan 
iborat. Bakalavrlar asosan universitetlarda va 4 yillik o’quv dasturi asosidagi 
kollejlarda tayyorlanadi. 
2000 yilda Janubiy Koreya xukumatining yalpi milliy maxsulotining 4,5 
foizi ta’limga yo’naltirilgan. Lekin Yevropadagi bu ko’rsatkich ancha yuqori 
bo’lib bu ko’rsatkich Vengriyada 6,1%, Frantsiyada 7,5% ni tashkil etgan. 
Shunday bo’lsada Janubiy Koreya xalqining ta’lim olishga asosiy e’tibor 
qaratayotganligi mamlakatni barcha soxalarda erishayotgan yutuqlarida xam 
ko’rinib turibdi. Bugungi kunda Janubiy Koreyada ta’lim tizimidagi erishilayotgan 
yuqori ko’rsatkichlar sababi mutaxassislar tomonidan quyidagi xususiyatlarda deb 
ko’rsatilmoqda: 
Janubiy Koreya xalqida ta’limga bo’lgan ishtiyoqning balandligi xususiyati; 
Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimida talabalarning mustaqil ta’lim olish 
jarayoniga aloxida e’tibor qaratilganidadir. 
Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimida pedagoglarning aksariyati erkaklardan 
iborat bo’lganligi xususiyati, tizimni qat’iy rivojlanishi omili bo’lib xizmat qilgan 
deya baholanmoqda; 
Janubiy Koreya yoshlarining ta’limga ko’p vaqt sarflaganligi xususiyati, 
koreyalik o’quvchilarning qo’shimcha bilim yoki amaliyot uchun maktabdan 
tashqari qo’shimcha bir necha soat vaqtlarini ajratishida kuzatiladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling