Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
Yaponiya ta’lim tizimi
3 . Oliy ta’lim tizimi o’z ichiga ta’lim muassasalarining quyidagi to’rt turini qamrab oladi: 1) to’liq sikldagi (4 yil) va tezlashgan sikldagi (2 yil) universitetlar; 2) kasb-xunar kollejlari; 3) maxsus tayyorgarlik maktablari (texnologik institutlar); 4) diplomdan keyingi ta’lim maktablari (magistratura). Mutaxassislar yapon ta’lim tizimini natijasi sifatida mamlakatni yuqori malakali kadrlar tayyorlanayotganligida va fan-texnika yutuqlarining shiddat bilan 3 Education system Japan | EP-Nuffic | 1st edition September 2010 | version 4, January 2015 http://www.jstor.org //Retrieved 15.07.2015. 26 amaliyotga tadbiq etilayotganligi bilan izoxlaydilar. Bugungi kunda Yaponiyadagi erishilayotgan yuqori sifat ko’rsatkichlar sababini mutaxassislar quyidagi xususiyatlarda deb ko’rsatmoqda: Yapon ta’lim tizimida xususiy sektor xajmini ortishi xususiyati, boshqa soxalardagi kabi raqobat muxiti rivojlanganligini taminlaydi. Xalqaro xususiyatlarning mavjudligi, barcha ta’lim muassasalarida imtixon va test sinovlari ingliz tilida yapon tili bilan bir xil darajada amalga oshirilishi va taraqqiy etgan. Yevropa davlatlari tajribalari til orqali yanada tezroq o’zlashtirilayotganligidir. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bevosita ta’lim tizimlarida faoliyat olib borib, ta’lim muassasalari faoliyati natijalariga ularning mas’ulligi va to’g’ridan to’g’ri javobgarligi bilan ilmiy yangiliklar amaliyotga tezkor tadbiq etilayotganligi. Ta’lim tizimi o’quv dasturlari xar yilda yangilanishi, talabalar-ning mustaqil ta’lim olish jarayoniga aloxida e’tibor berilayotganligi natijasida talabalarning mustaqil ta’lim olish ko’nikmasining yuqori darajada ekanligi va takomillashtirilish xususiyati, fan yo’nalishlaridagi zamonaviy yangiliklar o’zgartirishlar o’quv dasturlarida aks ettirilishi ta’lim mazmuni yildan yilga mazmun moxiyati jixatidan takomillashib borayotganligini ko’rsatadi. Ta’lim tizimi bosqichlari jarayonlaridagi imtixon nazoratlari talablarini yuqoriligi va keskin choralar qo’yilishi xususiyati, o’quvchi va talabalarda ma’suliyatni oshirishiga sabab bo’ladi. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, erkin faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. 27 1.5-rasm. Elektron ta’lim bozorining butun dunyodagi o’sish sur’ati Elektron ta’limning bugun va kelajakdagi o’rni va axamiyatini uning dunyo sanoatidagi xajmi bilan baxolash mumkin. Ushbu xajm 2005 yili 48 mlrd. Dollarni tashkil qilgan bo’lsa, 2010 yilga kelib 52,6 mlrd. dollarni tashkil qildi. Prognozlar bo’yicha 2015 yili masofaviy ta’lim bozorining xajmi dunyoda 107 mlrd. dollarga etadi, 2025 yilda esa 215 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Elektron ta’lim bozorining eng katta ulushi AQSh va Yevropa ittifoqi mamlakatlariga to’g’ri keladi (1.6-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling