Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
Birinchi
bosqichda professor-o’qituvchilarning va talabalarning vaqtlarining tejalishi ochiq elektron ta’lim resurslarni va mutaqil ishni bajarish bo’yicha metodik qo’llanmalarning oliy ta’lim muassasasining elektron ta’lim platformasiga (Moodle LMS tizimiga) joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Ilgari mustaqil ish topshiriqlarini talabalarga yetkazish katta vaqtni talab qilar edi (ayniqsa katta guruxlar va potoklardi). Masalan ayrim paytlarda o’quv dasturining o’zgarishi hisobiga esa umuman topshiriqlarning parametrlari o’zgarib ketishi o’quv jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Hozirda esa oliy ta’lim muassasasining elektron ta’lim platformasi (Moodle LMS tizimiga)dagi o’quv kurs sahifasidan barcha zarur materiallarini topish mumkin. 44 Talabalarning mustaqil ta’lim uchun topshiriqlarini oson olishi va ularning muddatlarini ko’rishi mumkin. Tizim tomonidan topshiriqlarni ochilishi, yopilishi va muddatlarni belgilash avtomatik tarzda bajarilishi mumkin. Bundan tashqari tizim professor-o’qituvchiga istagan paytda topshiriqlarga o’zgartirish kiritish, yangi adabiyotlarni qo’shish, topshiriqlarga aniqliklar kiritish va boshqa imkoniyatlarni beradi. Ana’naviy usullarga qaraganda Moodle tizimi orqali talabalarga o’quv metodik materiallarni, meyoriy xujjatlarning, o’quv va metodik ko’llanmalarning hamda turli mashg’ulotlar uchun topshiriqlar etkazish oson va tezkor amalga oshirish mumkin, bu esa o’z navbatida professor o’qituvchini sezilarli darajada vaqtini tejaydi. Ikkinchi bosqich mustaqil ta’lim uchun ajartilgan nazoratini optimalashtirishga imkon beradi. Auditoriya soatlarining qisqarishi sharoitida mashg’ulot paytida yozma nazorat ishlarini o’tkazish tavsiya qilinmaydi, bundan tashqari yozma ishlarni tekshirishga, natijalarni tahlil qilishga sezilarla darajada vaqt sarflanadi. Moodle tizimida nazoratlarni keng miqdorda boshqariladigan testlarning turli shakllarida o’tkazish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari tizim nazoratini, baholashni va monitoringini tizimning o’zi amalga oshirishi mumkin. Moodle tizimida “topshiriq” elementidan foydalanish talabalarning mustaqil ta’limini boshqarishni optimallashtirishga imkoniyat yaratadi. Tizim talaba bajargan “topshiriq”larni qachon, qayerdan joylashtirganligi haqida ma’lumotni, professor-o’qituvchini tekshirilmagan ishlar xaqida xabardor qiladi, topshiriqlarga izoh va tavsiyalar berish imkoniyati mavjud. Talabalarga ham topshiriqlarni istalgan paytda bajarish, qachon va qanday tekshirilganlini ko’rishi mumkin. Moodle tizimiga o’tishning birinchi va ikkinchi bosqichlari o’qituvchiga mavjur o’quv metodik materiallardan rasional foydalanishga, auditoriyadan tashqari mustaqil ta’limni boshqarishni effektivligini oshirishga va asosiysi vaqtdan unumli foydalanishga imkoniyat bersa, keyingi uchinchi bosqich esa o’tish esa fanni o’rganish modelini sezilarli o’zgartirishni talab qiladi. 45 Eng avvalo o’quv materialning qaysi qismi talabalar tomonidan mustaqil tarzda o’zlashtirilishi mumkinligi aniqlash zarur. Bendjamin Blum taksanomiyasiga asosan ta’lim maqsadlarning birinchisi “Bilish” dir, ya’ni o’quv materialni eslab qolish va aytib bera olishdir. Eng avvalo mustaqil ta’limda kamida ushbu maqsadga erishish zarur. Buning uchun saytga o’tiladigan dars mashg’ulot bo’yicha elektron qo’llanmalar, video darslar va video lavhalar, taqdimotlar, SCORM lar, ta’lim jarayonini boshqaruvchi va topshiriqlarni bajarilishini kuzatuvchi funksiyalarini sozlanishi mumkin. Talabalarda mustahkam bazaviy bilimlarning dars oldinidan shakllanganligi bevosita talabalar bilan o’tkaziladigan auditoriya mashg’ulotlarida ta’limiy maqsadlarning yuqori darajalariga “Tushunish”, “Qo’llash” va kafolatli erishishga imkon beradi. Bu esa o’z navbatida produtiv va ijodiy xarakterga ega bo’lgan murakkab kompitent-orientirlangan mustaqil ishlarni bajarishga asos yaratadi. Moodle tizimi ta’lim jarayoni subektlarining sarflanayotgan mehnati va erishilayotgan natijalar orasida optimalmal tanlovdir. Moodle tizimidan foydalanishdanish, hamda pedagoglar tomonidan uning imkoniyatlarini bosqichma bosqich o’zlashtirish, haqiqatdan ham, talabalarning mustaqil ta’limini boshqarishni optimallashtirishni ta’minlash mumkin. Natijada o’quv jarayonini samaradorligini oshishiga olib kelishi mumkin. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fikrlash, tahlil va bashorat qilish malakasini oshirish, uni kelajakda o’z professional kasbini egallashda katta ta’sir etadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling