Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Zamon
talablariga javob bera oladigan, har tomonlama yetuk, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda elektron ta’lim a’lohida o’rin tutadi, chunki axborot va bilimlar doirasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hamma ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlarida berib bo’lmaydi. Qo’yilgan muammo va vazifalar bo’yicha ma’lum yechimga kelish hamda uning optimal variantini tanlash uchun kerak bo’lgan mustaqil fikrlash ko’nikmasi mustaqil ijodiy ishlash jarayonida shakllanadi va mustahkamlanib boradi. Bugungi kunda jahonda ta’limga kompetentli yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta’minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo‘naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek oliy ta’limning ta’lim sifatini ta’minlash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb yo‘nalishlardan biri sifatida tadqiq etilmoqda. Ana shu nuqtai-nazardan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy ta’lim mazmunini internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetentsiyalarga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, elektron ta’lim va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4732- son farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi PQ-4947-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. 5 Xususan, talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda tashkillashtirish ta’lim sifatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling