Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


tashkillashtirish va boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

tashkillashtirish va boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari. 
1.1. “Elektron ta’lim” tushunchasi, OTMda elektron ta’limdan 
foydalanishning muhim afzaliklari 
“Elektron ta’lim” tushunchasi, OTMda elektron ta’limdan foydalanishning 
muhim afzaliklari Bugungi kunda butun dunyoda elektron axborot texnologiyalari 
keng ko’lamda rivojlanmoqda. Shubxasiz, ta’lim jarayoniga yangi axborot 
texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish xajmi va 
tezligi jixatidan chegaralanmagan butunjaxon axborot tarmog’idan faol 
foydalanishi bilan xarakterlanadi. 
Yoshlarimizning ta’lim jarayonida elektron axborot texnologiyalari 
yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy ob’ektlarni va ma’lumotlar bazasini 
yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o’rganadi. Talaba va o’quvchilar 
axborot yig’ishning yangi usullarini, ulardan foydalanishni o’rganishadi, ularning 
dunyoqarashi kengayadi. Darslarda axborot texnologiya-larining ishlatilishi 
o’qishga bo’lgan motivatsiyasini, o’quvchilarning qiziquvchanligini, ta’lim 
samaradorligini oshiradi. Kompyuter axborot texnologiyalari bilan birgalikda 
ta’lim soxasida, talaba va o’quvchilarning o’qish va ijodkorligida yangi 
imkoniyatlarni taqdim etadi.
Bedral Xan (Badrul H. Khan) tomonidan taklif etilgan elektron ta’lim 
kontseptsiyasida sakkizta: pedagogik, texnologik, pedagogik interfeys dizayni
baxolash, boshqarish, resurslarni qo’llab quvvatlash, etik asoslar, asbob uskunalar 
jixati mavjud. Tizim qulay va batafsil tekshiruvchi ro’yxatdan iborat. Ushbu 
ro’yxat muassasalar ta’lim texnologiyalarni joriy etishga qanchalik tayyorligini 
yoki ularning o’sishi uchun qanday imkoniyatlari mavjudligini mustaqil baxolash 
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu tizim veb va aralash o’qitish negizida 
o’qitishni ishlab chiqish, yaratish, joriy etish va baxolash masalalarini xisobga 
oladi xamda quyidagilarni boshqarishga xizmat qiladi: 


10 
Ta’lim texnologiyalarni va aralash o’qitish uchun materiallarni rejalashtirish va 
ishlab chiqish.
 ta’lim texnologiyalari, virtual o’qitishning aralash va qulaylik yaratilgan 
muxit uchun resurslarini tashkil etish; 
 korporatsiya, davlat va xususiy oliy o’quv yurtlari, virtual universitetlar va 
kiber-maktablar uchun taqsimlangan o’qitish tizimini yaratish; 
 ta’limni boshqarish tizimini va mualliflikning kompleksli tizimini ishlab 
chiqish; 
 aralash o’qitishning ta’lim texnologiyalari, kurslari va dasturlarini baxolash; 
Ta’lim texnologiyalarini yaratish, o’qitishni boshqarish va o’quv kontentini 
boshqarish uchun instrumentlar va tizimlarni baxolash. 
Tashkiliy 
Tashkiliy jixat o’z ichiga ma’muriy va akademik, shuningdek 
elektron ta’lim masalalarida talabalarga yordam ko’rsatish 
masalalarni oladi 
Boshqaruv Elektron ta’limni boshqarish – bu ta’lim muhitini ta’minlash va 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling