Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


Magistrlik dissertatsiya ishi ob’ekti


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

Magistrlik dissertatsiya ishi ob’ekti: oliy ta’lim muassasasining o’quv 
jarayoni. 
Magistrlik dissertatsiya ishi predmeti: oliy ta’lim muassasasida elеktron 
ta’lim jarayonini tashkillashtirish va boshqarish usullari. (Moodle tizimi misolida)
Magistrlik dissertatsiya ishi maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida elektron 
ta’lim jarayonini ta’minlash bo’yicha xalqaro tajribalardan kelib chiqib, elektron 
ta’lim resurslaridan foydalangan holda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan 
modellar asosida, Oliy ta’lim muassasalarining elektron axborot ta’lim tizimini 
shakllantirishga oid tegishli xulosa va takliflarni ishlab chiqish. 
Ushbu maqsadlardan kelib chiqib quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi:
1. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oliy ta’limni isloh qilish, tizimni 
normativ-me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlash, bu borada O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, “Ta’lim to’g’risidagi qonun” 
va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’rsatilgan vazifalarni va Oliy va o’rta 
maxsus ta’lim vazirligining elektron ta’limni tashkil etish bo’yicha buyruqlarini 
o’rganish orqali ta’lim sifati oshirishning xuquqiy asoslarini o’rganish; 
2. Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlarini masofaviy ta’lim texnologiyalaridan 
foydalangan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bepul o’qitish 
imkoniyati 
foydalanib 
talabalarning 
mustaqil ta’lim olish jarayonini 
tashkillashtirish va yechimlarini topish;
Xususan,
- yuqori sifatli raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni 
o’rnini aniqlash; 
- ochiq elektron ta’lim resurslari bazasini shakilantirish; 
- ochiq elektron ta’lim resurslaridan foydalangan xolda talabalarning mustaqil 
ishini tashkil etish mexanizmini yaratish; 
- xorij adabiyotlardan foydalangan xolda talabalarning mustaqil ta’lim olish 



jarayonini tashkilashtirish; 
3. Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlaridan biri bo’lmish talabalarning mustaqil ta’limi 
muhim masalalardan biri ekanligi hisobga olgan holda, tegishli ta’lim fanlari 
bo’yicha o’quv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab chiqarish 
bilan integrasiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari 
bo’yicha mamlakatimizning ilg’or zamonaviy uskunalar va texnologiyalari bilan 
ishlash malakasini beruvchi ochiq elektron o’quv kurslar orqali mustaqil ta’lim 
olish jarayonini tashkillashtirish. 
4. Masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida ochiq elektron ta’lim resurslari orqali 
mustaqil ta’lim olgan talabalarini bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash
takliflar ishlab chiqish; 
5. Ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda, ta’limni ishlab chiqarish 
bilan integrasiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari 
bo’yicha mamlakatimizning ilg’or zamonaviy uskunalar va texnologiyalari bilan 
ishlash malakasini beruvchi o’quv kurslarni o’quv jarayoniga tadbiq etish 
masalasini o’rganish. 
6. Masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida omaviy onlayn ochiq kurslar orqali 
ta’lim olgan talabalarning (mustaqil ta’lim jarayonida) bilim, malaka va 
ko’nikmalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling