Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum
Download 149 Kb.
|
Adabiyaot qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaytarish san’ati (radd – ul ajuz il-as-sadr yoki radd – ul ajuz min –as sadr)
Harf san’ati (Kitobat) – badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan hoydalanish san’ati.
Qati’ – she’riy nutqni kesish usuli hisoblanadi. Misol: Bir o’lka bor dunyoda biroq Bitilmagan dostondir bori. Faqat ojiz qalamim manim O’zbekiston Vatanim manim. (A.Oripov) Qaytarish san’ati (radd – ul ajuz il-as-sadr yoki radd – ul ajuz min –as sadr) – baytdagi mazkur o’rinlardan biridagi so’zning yana boshqa bir o’rinda takrorlanishiga asoslanadigan san’at.Uning quyidagi turlari bor: 1.Radd – us –sadr ilal –ibtido (bayt boshidagi so’zning ikkinchi misra boshida kelishi): Husnni to huvaydo qildi xoliq, Husn birla vafo bo’lmas muvofiq. (Xorazmiy) 2.radd – ul – aruz ilal – ibtido (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra boshida kelishi): Ne ravo bo’lg’ay bukim, mehrob ichinda o’lturub, O’lturadur men duochini ko’zung boqib turib. (Xorazmiy) 3.Radd – ul – aruz ilal – ajuz (birinchi misra oxiridagi so’zning bayt oxirida kelishi): Kitobat boshladim anjoma yetgay, “Muhabbatnoma” Misru Shoma yetgay. (Xorazmiy) 4.Radus – sadr ilal – hashv (bayt boshidagi so’zning misra o’rtasida kelishi): Gunah qildimki, hajringda tirildim, Vale mendin gunah, sendin karamdur. (Atoiy) 5.Radd – us – sadr ilal – ajuz (sadrning ajuzda takrorlanishi): Uqush bo’lsa asg’i edi – o’q o’qush, Qamug’ edg’ulik ulg’u – ul bu uqush. (Yu.X.Hojib) 6.Raddul – hashv ilal ibtido (birinchi misra hashvidagi so’zning ibtido sifatida takror kelishi): Qali edguka bo’lsa, esiz eshi, Esiz baldi qilqi ul esiz tushi. (Yu.X.Hojib) 7.Radd – ul hashv ilal hashv (birinchi misra o’rtasidagi so’zning keyingi misra ichida qaytarilishi): Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o’ltirur, G’oyati nozukligindin suv bila yutsa bo’lur. (Atoiy) 8.Radd – ul hashv ilal ajuz (misra ichidagi so’zning keyingi misra oxirida kelishi): Ula nang kishika yetur ham ichur, Seni nang kechurgay, ani sen kechur. 9.Radd – ul aruz ilal hashv (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra ichida ham kelishi): Nektu ter eshitkil kur erdamlug’ er, Bu erdam bila er tilak arzu yer. (Yu.X.Hojib) 10.Radd – us sadr ilal aruz (bayt boshidagi so’zning birinchi misra oxirida kelishi): Jamolingtek kishining yo’q jamoli, Dareg’o, bo’lmasa erdi zavoli (Xorazmiy) 11.Radd – ul ibtido ilal hashv (ikkinchi misra boshidagi so’zning shu misra o’rtasida kelishi): Bo’yung sarvu sanubartek, beling qil, Vafo qilg’on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) 12.Radd – ul ibtido ilal ajuz (ikkinchi misra boshidagi so’zning bayt oxirida kelishi): Bu dunya ishi ko’r o’yun – ul o’yun, O’yunqa qatilma nerak bu o’yun. (Yu.X.Hojib) Qaytarish san’atida quyidagilarni bilish lozim: Sadr – birinchi misraning boshlanishi, aruz – birinchi misraning oxiri, ibtido – ikkinchi misraning boshlanishi, ajuz (zarb) – ikinchi misraning oxiri, hashv – misralarning o’rta qismi.Buni quyidagicha ko’rsatish mumkin: SADR HASHV ARUZ IBTIDO HASHV AJUZ (yoki zarb) Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling