Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Download 149 Kb.
bet21/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Harf san’ati (Kitobat) – badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan hoydalanish san’ati.

Qati’ – she’riy nutqni kesish usuli hisoblanadi.
Misol: Bir o’lka bor dunyoda biroq
Bitilmagan dostondir bori.
Faqat ojiz qalamim manim
O’zbekiston Vatanim manim. (A.Oripov)

Qaytarish san’ati (radd – ul ajuz il-as-sadr yoki radd – ul ajuz min –as sadr) – baytdagi mazkur o’rinlardan biridagi so’zning yana boshqa bir o’rinda takrorlanishiga asoslanadigan san’at.Uning quyidagi turlari bor:
1.Radd – us –sadr ilal –ibtido (bayt boshidagi so’zning ikkinchi misra boshida kelishi):
Husnni to huvaydo qildi xoliq,
Husn birla vafo bo’lmas muvofiq. (Xorazmiy)

2.radd – ul – aruz ilal – ibtido (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra boshida kelishi):
Ne ravo bo’lg’ay bukim, mehrob ichinda o’lturub,
O’lturadur men duochini ko’zung boqib turib. (Xorazmiy)

3.Radd – ul – aruz ilal – ajuz (birinchi misra oxiridagi so’zning bayt oxirida kelishi):
Kitobat boshladim anjoma yetgay,
“Muhabbatnoma” Misru Shoma yetgay. (Xorazmiy)

4.Radus – sadr ilal – hashv (bayt boshidagi so’zning misra o’rtasida kelishi): Gunah qildimki, hajringda tirildim,
Vale mendin gunah, sendin karamdur. (Atoiy)

5.Radd – us – sadr ilal – ajuz (sadrning ajuzda takrorlanishi):
Uqush bo’lsa asg’i edi – o’q o’qush,
Qamug’ edg’ulik ulg’u – ul bu uqush. (Yu.X.Hojib)

6.Raddul – hashv ilal ibtido (birinchi misra hashvidagi so’zning ibtido sifatida takror kelishi):
Qali edguka bo’lsa, esiz eshi,
Esiz baldi qilqi ul esiz tushi. (Yu.X.Hojib)

7.Radd – ul hashv ilal hashv (birinchi misra o’rtasidagi so’zning keyingi misra ichida qaytarilishi):
Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o’ltirur,
G’oyati nozukligindin suv bila yutsa bo’lur. (Atoiy)

8.Radd – ul hashv ilal ajuz (misra ichidagi so’zning keyingi misra oxirida kelishi): Ula nang kishika yetur ham ichur,
Seni nang kechurgay, ani sen kechur.

9.Radd – ul aruz ilal hashv (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra ichida ham kelishi):
Nektu ter eshitkil kur erdamlug’ er,
Bu erdam bila er tilak arzu yer. (Yu.X.Hojib)

10.Radd – us sadr ilal aruz (bayt boshidagi so’zning birinchi misra oxirida kelishi): Jamolingtek kishining yo’q jamoli,
Dareg’o, bo’lmasa erdi zavoli (Xorazmiy)

11.Radd – ul ibtido ilal hashv (ikkinchi misra boshidagi so’zning shu misra o’rtasida kelishi):
Bo’yung sarvu sanubartek, beling qil,
Vafo qilg’on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy)

12.Radd – ul ibtido ilal ajuz (ikkinchi misra boshidagi so’zning bayt oxirida kelishi): Bu dunya ishi ko’r o’yun – ul o’yun,
O’yunqa qatilma nerak bu o’yun. (Yu.X.Hojib)

Qaytarish san’atida quyidagilarni bilish lozim: Sadr – birinchi misraning boshlanishi, aruz – birinchi misraning oxiri, ibtido – ikkinchi misraning boshlanishi, ajuz (zarb) – ikinchi misraning oxiri, hashv – misralarning o’rta qismi.Buni quyidagicha ko’rsatish mumkin:



SADR HASHV ARUZ
IBTIDO HASHV AJUZ (yoki zarb)

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling