Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Tazod (zid qo’yish,qarshilantirish)


Download 149 Kb.
bet20/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Tazod (zid qo’yish,qarshilantirish) – baytda man’o jihatidan o’zaro zid, qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni qo’llab, ta’sirchan badiiy timsolar, lavhal;ar yaratish san’ati.
Misol: Podshoh yo’qlatsalar nogoh, gado deb axtaring,
Tutmang hargiz nomini, baxti qaro deb axtaring. (Muqimiy)

Bugun ey do’stlar,farzandi jonimni sog’indim,


Gado bo’lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog’indim. (Uvaysiy)

Tardi aks (teskari qilib takrorlash) – she’rning birinchi misrasida keltirilgan iki so’z yoki so’z birikmalarini keyingi misrada o’rnini almashtirib qaytarishdan iborat bo’l;gan she’riy san’atdir.
Misol: Erursen shoh – agar ogohsen, sen,
Agar ogohsen, sen – shohsen sen. (A.Navoiy)

Ta’rix – bunda biror tarixiy shaxsning tug’ilgan yoki vafot etgan sanasi, biror muhtasham binoning qurilgan yili, biror mashhur kitob yozilgan payti yoki davri ochiq emas, bal;ki arab alifbosining maxsus harflari vositasida ifodalandiAalisher Navoiy vafoti musibati bilan amondoshlari tomonidan yozilgan ta ‘rix quyuidagicha
Besh harf dediyu bo’ldi taslim,
“Alif”, “be”, “to”, “so” , “jim”
Bunda Alif – 1, be – 2 , to – 400, so – 500, jim – 3 ni ifodalaydi.Bu raqamlarni bir-biriga qo’shsak, 906 hijriy yil paydo bo’ladi.906- yilni milodiyga aylantirsak, 1501 yil kelib chiqadi.

Tasbe – bunda baytdagi birinchi misra oxiridagi so’z ikkinchi misra boshida takrorlanadi. Misol: Kuchum yetguncha ko’p qildim, vafolar,
Vafoli qulni asrar podsholar. (Xorazmiy)

Hasbu hol – yozuvchi yoki shoirning o’z ahvolini bayon qilishi, o’z turmushining qandayligidan hisob berish.Misol: Mujrim Obid “Arzi ahvol…”

Husni ta’lil (chiroyli dalillash) – adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish, she’rda biror voqeani unga dahli bo’lmagan hodisa bilan izohlash san’ati.
Misol: Garchi shuncha mag’rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan,manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak? (E.Vohidov)


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling