Tajziya (bo’lak-bo’lak qilmoq) – bayt misralarining har birini iki bo’lakka ajratib,misralardagi birinchi bo’laklarni ham, ikinchi bo’laklarni ham o’zaro qofiyalash san’ati.
Misol: Qaro zulfing firoqida parishon ro’zg’orim bor,
Yuzungdin ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor. (Bobur)
Tazmin – “bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo’ymoq” ma’nosini ifodalab, she’rga o’zga shoir (ko’pincha ustozlar) she’ridan bir misra yoki bir bayt olib, o’sha vazn, o’sha qofiya va radifda mazmunga muvofiq she’r bitish san’ati.
Misol: Ogahiy “Bo’lmasa,bo’lmasun netay” , Mashrab “Sensan sevarim…”
Sarlavha: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Jo'natildi: Robiya dan 28 Noyabr 2007, 18:43:13
Tanosib – she’r baytlarida bir-biriga bog’liq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so’zlarni qo’llash san’ati.
Misol: Zulfing cheriki jamol mulkin
Oldi ko’zung ittifoqi birla. (Atoiy)
Tajohuli orif (bilib turib bilmaslikka olish) – shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan o’zini bilib bilmaslikka olgandek ko’rsatishini nazarda tutadi.
Misol: Jonbaxsh la’ling ustida ul xoli hindularmudur,
Yo chashmai hayvon uza zog’i siyahmo’larmudur. (K.Xorazmiy)
Nahot shuncha ma’sum,shuncha pok,
Sevishmoqda alam bor shuncha? (Zulfiya)
Tamsil (misol keltirish) – bunda fikrni isbotlash uchun bironta misol keltiriladi.Ba’zan maqol ham keltirilishi mumkin.
Misol: Orazin yopqach ko’zumdin,sochilur har lahza yosh,
O’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh (A.Navoiy)
Takrir (takrorlash) – she’rda u yoki bu so’zni takror qo’llash san’ati.
Misol: Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor,
Qaysi bulbulning seningdek bir guli bahori bor. (Munis)
Tasdir – she’r baytidagi birinchi so’zni bayt oxirida takrorlash san’ati.
Misol: Men bu yuz mushtoqidurmen, bog’i bo’stonkim bo’lur,
Bo’lmasin nasrinu lola, arg’uvon sensiz menga. (Atoiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |