Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Download 149 Kb.
bet15/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

4.Ifrat (bulug’, ifrot) – orttirmali, haddan ortiq mubolag’a.
Misol: Tikilsam quriydi daryoning gumi,
Na’ra tortsam qular qo’rg’onning timi. (“Alpomish”)

Oh ursa, olamni buzar tovushi,


To’qson molning terisidan kovushi. (“Alpomish”)

Mulamma’ – turli tillarda she’r yozish san’ati.
Misol: Qochib ketdi machchoyilar askari,
Borib shulki yurtiga ta’kidlari:
“Saroyeki,o’ boshadash,zinhor,
Daronjo marov memuri, ey tabor”. (Muqimiy)


Mukarrar – muayyan so’zning muayyan o’rinda takrorlanishi.
Misol: Yuzing mushafi sharhi o’lg’ay necha,
Kitobu kitobu kitobu kitob. (K.Xorazmiy)

Mav’iza nasihat berish,va’zga o’xshash fikrni bayon qilish usuli.
Misol: Kimki ming eksa, o’zi ming topar,
Barcha mayibni saxovat yopar.

Buxl aziz odamin xor etar,


El ko’zida it kabi murdor etar. (K.Xorazmiy)

Oksimoron – ikki qarama-qarshi tushunchalarni ifodalovchi so’zlarni yonma-yon keltirish bilan bo’rttirib tasvirlash usuli.
Misol: U yerga yiqiladi
O’qday uchib borarkan.
Tog’day og’ir qulaydi
Qum singari yengil sham. (H.Olimjon)

Portret – adabiy asarda kishining tashqi qiyofasi,siymosi,kiyim-kechagi,o’zini tutishi va hokazolar tasviri.
Misol: “Jodu ko’zi kishiga qattiq qaraganda qoralikdan boshqacha yana bir turlik nur sochar edi.Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi.Qoshi tutash kabi ko’rinsa ham,ko’ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyulib ko'tarilish ajratib turar edi”.
(A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”, Ra’no portreti)

Perifraz – majozlarning bir turi,bunda nutqning ifodaliligini oshirish maqsadida narsa, odam, voqea-hodisalar nomi ularning ma’nolarini, xususiyatlarini ifodalovchi boshqa so’z va iboralar bilan almashtiriladi.Perifraz narsa va hodisalarning asl nomi bilan yonma-yon ishlatiladi.
Misol: Quyoshday mehribon
Vataning – onang.
Zaminday vazminu,
Mehnatkash,mushfiq.
Istagan narsangni tayyorlaguvchi,
Xalq bor – onang bor. (G’.G’ulom)


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling