Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum
Download 149 Kb.
|
Adabiyaot qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rama
- Allegoriya (majoz)
- Antiteza (qarshilantirish)
- Anafora (takror)
- Alliteratsiya
- Jonlantirish
Ballada – liro-epik poeziyaning bir turi.Qahramonlik xarakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik syujetli she’r ballada deyiladi.
Qo’shiq – kuyga solib aytiladigan she’r Sarbast – bunday she’rning asosiy xususiyati shundaki, unda vazn,qofiya,band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi.Ayrim misralardagi bo’g’inlarni (ma’no va intonatsiyani kuchaytirish maqsadida) bir necha qatorga zinapoya tartibida joylashtiriladi. O’rama – o’rama so’zi qofiyalash tartibiga oiddir. To’rtlik – o’zbek lirikasining ruboiy va tuyuq vaznida yozilmagan, to’rt isradangina iborat bo’lgan janri. 3-MAVZU Badiiy san’at turlari San’at, sun ya’ni, yaratmoq so’zidan olingan bo’lib, badiiylik yaratish demakdir.Badiiylik yaratishning yo’llari ko’p.Badiiy san’atlar quyidagi iki turga bo’linadi: 1.Ma’naviy (ma’noga tegishli) sanlatlar. 2.Lafziy (shaklga oid) sana’tlar. Quyida badiiy san’atlarning asosiylari bilan tanishasiz: Allegoriya (majoz) – ramzning bir ko’rinishi bo’’lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirni iifodalovchi ramziy so’zni qo’llash usuli.Misol: tulki-ayyor va aldamchi kishi, bo’ri – ochko’z, chumoli – zahmatkash kishi va hokazo. Antiteza (qarshilantirish) – badiiy asarda voqea yoki tushunchalarni bir-biriga qarshilantirish orqali bir-biriga zid tushunchalarni yaqqol ifodalash va ularga qiyosiy xarakteristika berish vositasi. Misol: Menga nomehribon yor o’zgalarga mehribon emish, Mening jonim olib,ag’yorga oromijon emish. (A.Navoiy) Anafora (takror) – she’r yoki banddagi misra,gaplarning boshidagi so’z yoki so’zbirikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi.Misol: Endi odam quldek sotilmas, Endi odam o’tga otilmas, Endi unga qafas bo’lmas jon, Endi dunyo bo’lmaydi zindon. (H.Olimjon) Apostrofa – jonlantirishning bir ko’rinishi bo’lib, jonsiz narsa yoki hodisaga jonli narsa hodisadek murojaat qilinadi yoki yo’q shaxsga xuddi bordek qaraladi. Misol: Go’zal oy, senga bir gap Demakka ko’p hayronman. Bemahal to’lganingdan Toza ham pushaymonman. (H.Olimjon) Antifraz – shaxs yoki narsaga xos xususiyatni kulgi ohangi bilan inkor qilish.Bunda so’zlarning asl emas, teskari ma’nosi nazarda tutiladi. Misol: Erkalanib yotadi U Vatan tuprog’ida Yosh bola yotganiday Onaning quchog’ida (H.Olimjon) Alliteratsiya – she’rda,jumlada,bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil tovushlarning takrorlanishi.Tovushlar ohangdorligi,asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo’lgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi. Misol: Qaro qoshing,qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing,qiz Qilur qatlimga qasd,qayrab, Qilich qotil qaroshing qiz… (Erkin Vohidov) Jonlantirish – odamlarga xos bo’lgan xislatlarni jonsiz predmetlar,tabiat hodisalari,hayvon,parranda,qush kabilarga ko’chirish orqali hosil bo’ladigan tasvir usulidir. Bunda qorning taglarida qish, Bahor uchun so’zlaydi olqish. (H.Olimjon) Jonlantirishning ikki xil ko’rinishi bor: Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling