Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Tashxis – jonsiz narsalarni jonlantirish. 2.Ishtoq


Download 149 Kb.
bet12/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

1.Tashxis – jonsiz narsalarni jonlantirish.
2.Ishtoq – nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash
Misol: Shaftoli der,kulib: kuz choqlari
Sharbat bilan lim-lim to’laman,
Yemagan armonda,yegan darmonda
Ming dardingga shifo bo’laman

Yaprog’iga berkinib olib,


-Suqing kirar,ko’p nazar solma!
Qizil yuzlarimdan bir o’pganing
Armoni yo’q,der yoqut olma (Uyg’un)
Zulqofiyatayn (qo’sh qofiya keltirish) – bayt misralarida so’zni qofiyadosh qilib keltirish san’ati
Misol: Boqay desa dog’i quvvati yo’q,
Boqmay desa dog’i toqati yo’q. (Uyg’un “Kuz qo’shiqlari”)

Istiora (Metafora) – Istiora arabcha so’z bo’lib, biron narsani omonatga (vaqtincha ) olmoq degan ma’noni ifodalab, asarlarda so’zni o’z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, ya’ni majoziy ma’noda qo’llash san’ati hisoblanadi.Bu san’at so’z ma’nolari ko’chishinining bir turi bo’lib, u narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanadi.Shu jihatdan istiora tashbeh san’atiga yaqin turadi.U ko’pincha tashbihi kinoyaga, ya’ni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi.Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi.Tuzilishga ko’ra bir so’zdan yoki iboradan tashkil topgan istiora sodda istiora birikmali istioralar murakkab istiora sanaladi.
Navoiyning : Furqatingdin za’faron uzra to’karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag’rimdin erur parg’olalar – baytidagi “sarig’ yuz” ma’nosidagi “za’faron” so’zi sodda istioraga, “qonli yosh to’kaman” ma’nosidagi “to’karmen lolalar” iborasi murakkab istioraga misol bo’la oladi.

Metonomiya – ikki tushuncha o’rtaisdagi yaqinlikka asoslangan o’xshashsiz ko’chim.Metonomiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga ko’chiriladi, biroq bu nomlash narsalar o’rtasidagi o’xshashlikka emas,balki ular o’rtasidagi yaqinlikka,aloqadorlikka asoslanadi.Bu ko’chim bir qancha ko’rinishlarga ega:
1.Kishi yoki narsaga xos xususiyat o’sha kishi yoki narsaning nomiga o’tkaziladi: Ahyon-ahyon gazetlarda ko’rinasan,
O’qiguncha yopishaman juda iazman (G’.G’ulom)


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling