Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum
Download 149 Kb.
|
Adabiyaot qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laff va Nashr (yig’ish va yoyish ma’nosini ifodalaydi)
- Mubolag’a (lof urish,bo’rttirish)
Litota (tafrit, ifroq) – tasvir ob’ektini ataylab kichraytirib,zaiflashtirib tasvirlash usuli, ya’ni behad kichraytirilgan mubolag’adir.Ijodkor uyg’un narsa yoki hodisaning ahamiyatini ta’kidlab, bo’rttirib ko’rsatish maqsadida boshqa narsa yoki hodisaning uning ulug’vorligi hamda qudratiga nisbatan kichraytirib tasvirlaydi.
Misol: Bo’yung sarvu sanubardek,beling qil, Vafo qilg’on kishilarg’a vafo qil. (Xorazmiy) Bu so’zning mazmuni shu qadar issiq, Quyosh bir kichik sham uning yonida. (Uyg’un) Laff va Nashr (yig’ish va yoyish ma’nosini ifodalaydi) – ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Misol: Jamoling ravzai bog’i jinondur, Labing sarchashmai fujhi ravondur. Soching sunbul, yuzing sarvu sanubar, Ko’zing nargis,yanog’ing arg’uvondur. Beling,og’zing so’zi har qayda bo’lsa, Xayoli noziku ramze nihondur. Qaysari Rum oy yuzing,mushkin soching xoqoni Chin, Shahi Hindiston menging,sultoni Turkiston ko’zung. Garchi ahuyi Xo’tandur bexato bilmon nedin, Chinu Mochin lolazorinda qilur sayron ko’zung. (Atoiy) Mubolag’a (lof urish,bo’rttirish) – tasvirlanayotgan narsa,shaxs va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini bo’rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli.Sharq klassik she’riyatida mubolag’a san’atiga she’r ziynati sifatida qaraganlar. “Ahsanahu akzabahu” – “Eng yaxshi she’r – eng yolg’on she’r” degan naqlga amal qilganlar. Mubolag’a quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Tablig’ – tasavvur qilish mumkinu, amalga oshirish qiyin bo’lgan bo’rttirilgan tasvir usuli. Misol: Ey sabo, holim borib sarvi xirmonimga ayt, Yig’larimning shiddatin gulbargi xandonimga ayt. (A.Navoiy) 2.Ig’roq – tasavvur qilish qiyin,amada mutlaqo bo’lmaydigan bo’rttirilgan tasvir usuli. Misol: Otlar kishnar,qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar, Quyosh oltin buloqdir, qaynar,toshar…Ko’k tiniq. (Oybek) 3.G’uluvv – tasavvur qilish juda qiyin bo’lgan,amalda bo’lishi sira mumkin bo’lmagan bo’rttirilgan tasvir usuli. Misol: Orazin yopqach ko’zimdin sochilur har lahza yosh, O’ylakim,paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh. (A.Navoiy) Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling