Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Saj’i mutarraf (qofiyali saj’)


Download 149 Kb.
bet17/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

2.Saj’i mutarraf (qofiyali saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma raviyda bir-biriga mos bo’lib, vaznda teng bo’lmaydi.Masalan: Zoti bemadoro, dimog’i po’lod va ko’ngli xoro (A.Navoiy)
3.Saj’i Mutavozin (vazndosh saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma vaznda bir-biriga teng bo’lib, raviyda bir-biriga mos kelmaydi.Masalan: Avbosh va arsol musulmonlaridin alarg’a ne maosh va ne hisol (A.Navoiy “Mahbub ul - qulub”dan)

Sarkazm – achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, pichingdan iborat tasvir usuli.
Misol: Do’ppi qo’lida,kayfi tarallo,takasaltang,
Doim ko’chada safsata, yallo takasaltang. (Uyg’un)
Sifatlash (epitet) – narsa, voqea-hodisa,tushuncha va kishilarning belgi-xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi,tavsiflovchi so’z.
Misol: Kumush qishdan,zumrad bahordan,
Qolishmaydi kuzning ziynati. (Uyg’un)

Tadrij – voqea-hodisa yoxud vaziyatni asta-sekinlik bilan darajama-daraja rivjlanish jarayonida ko’rsatish san’ati.
Misol: A.Navoiy “Yorsiz”, “Kecha kelgumdur…” kabi g’azallari

Talmeh (arabcha chaqmoq chaqilish) – she’rda o’tmishdagi mashhur zotlarga, mashhur qissa,mashhur bayt yoki mashhur maqolga ishora qilish, mashhur tarixiy yoki adabiy qahramonlar nomini keltirish usuli.
Misol: Hoki taning barbod o’lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina (Ogahiy)

Ta’did (ta’zil, shumur, siyoqat – ul a’dod, e’dod, te’dod) – fikriy rivoj, ketma-ketlik,tadrijiylikni anglatadi.U grammatik qurilmalarning bir xil shaklidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin.
Misol: Oti Farrux,o’zi farxunda axtar,
Aning hukminda ul iqlimu kishvar. (“Gul va Navro’z”)


Tajnis (jinos) – she’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so’zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’ati.
Misol: Ulkim ko’ngul oldi zulfi xoli,
Ko’ngludin emas xayoli xoli. (Lutfiy)

Birinchi qatorda “xoli” so’zi “yuzidagi xol” ma’nosida, ikkinchi qatorda “alohida emas” ma’nosida kelgan.




Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling