Antiklerikal adabiyot – umuman o’rta asr diniy taassublariga, xususan zohidlarga qarshi badiiy adabiyot.
Asar (arabcha) – adabiyotshunoslikka ma’lum g’oyaviy mazmunni tegishli badiiy shaklda tugal ifodalagan kichik lirik she’rdan boshlab yirik epik polotmoga qadar bo’lgan badiiy ijod mahsuloti.
Anekdot (grekcha , bosib chiqarilmagan) – g’alati voqea, kulguli hodisa to’g’risida kichik va maroqli hikoya. Termin sifatida anekdot birinchi marta VI asrda Vizantiyada qo’llanilgan.
Aforizm (grekcha, qisqa, hikmatli so’z) – aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so’zlar.
Antologiya (grekcha) – qadimgi zamonda antic adabiyot namunalarini o’z ichiga olgan to’plamlar. Hozir ham shoirlarning tanlangan asarlari yoi biror xalq poesiyasining tanlangan namunalari to’plami antologiya deb nomlanadi.
Adabiy ertak – xalq ertaklarini qayta ishlash yoki mustaqil syujet asosida biror adib tomonidan yozilgan ertaklar: H.Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor”…
Adabiy yo’nalish – muayyan tarixiy davrda ijodkor konsepsiyasi, g’oyaviy – badiiy xususiyatlari va ijodiy prinsiplari bilan bir – biriga yaqin turgan bir necha yozuvchilar ijodidagi g’oyaviy – badiiy xususiyatlar – g’oya, mavzu, badiiy tasvir tamoyillari birligi. Misol: Realistik yo’nalish.
Adabiy oqim – adabiy yo’nalishga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, muayyan g’oyaviy, ijodiy va estetik tamoyillarni o’zida mujassamlashtirgan adabiyot.
Badiiy adabiyot tili – adabiy til va so’zlashuv, ya’ni umumxalq tiliga asoslangan til. Bu til shoir va adiblar tomonidan pardozlangan, jilolangan poetik tildir.
Badiiy adabiyotda mistifikatsiya hodisasi – “mistifikatsiya” qadimgi yunoncha “mistika” so’zidan olingan bo’lib, “sirli - sehrli” degan ma’noni anglatadi. Adabiy mistifikatsiya badiiy tasvir usullaridan bo’lib, asarda muayyan maqsaddan kelib chiqib, hodisaga sirli tus berish, yo’q narsani bor deb o’quvchini ishontirishga urinishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |