Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Radif (otning orqasiga ergashib boruvchi, izma – iz keluvchi)


Download 149 Kb.
bet33/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Radif (otning orqasiga ergashib boruvchi, izma – iz keluvchi) – qofiyadan so’ng butun she’r davomida aynan takrorlanib keluvchi so’zlar va so’z birikmalari. She’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta’kidlash, o’quvchi e’tiborini asosiy g’oyaga jalb etib, shoirning g’oyaviy niyatini o’quvchi qalbiga to’laroq yetkazish maqsadida xizmat qiladigan va aynan takrorlanadigan so’z va so’zlar birikmasi radif deyiladi.
Masalan: Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi. (Bobur)
Raviy – so’z o’zagidagi qofiya asosini tashkil etadigan tovush. Masalan, “ko’zimdan”, “yuzimdan”, “o’zimdan” so’zlaridagi “z” tovush raviydir.

Ramz – anglash murakkabroq bo’lgan mavhum sifatni shu sifatlarga ko’proq ega bo’lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanadi.

Remarka (fransuzcha) – dramatik asarlarda muallif tomonidan beriladigan izohlar.
Replika – dramada qahramonlar nutqi.

Risola (arabcha, tadqiqot, ma’ruza) – fan, adabiyot va san’atning biror sohasi yoki masalasiga oid, ilmiy, ilmiy-metodik xarakterdagi qo’llanma, kitob.


Roman (“yangi” degan ma’noni bildiradi) epik nasr usulida yozilib, hayot keng qamrovda ko’rsatiladi, hajm jihatdan hikoya,qissa va boshqa janrlardan ajralib turadi. Lotin tilida yozilgan asarlardan farqli o’laroq roman tillarida (fransuz, nemis va boshqalar) yozilgan har qanday asar dastlab roman deb atalgan. Keyinchalik markazida alohida bir shaxs taqdiri turgan, shu shaxs xarakterining shakllanish va rivojlanish jarayoni tasvirlangan asarlar roman deb yuritila boshlagan.
Romanlar qamroviga, tuzilishiga, hajmiga ko’ra 3 xil ko’rinishda bo’ladi:
1.Dilogiya – ikki kitobdan iborat bo’ladi. Misol: P.Qodirov “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni”. O’zbek adabiyotidagi birinchi roman – dilogiya Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidir.
2.Trilogiya – uch kitobdan iborat bo’ladi. Misol: S.Ahmad “Ufq” (a) “Qirq besh kun”, (b) “Hijron kunlarida”, (c) “Ufq bo’sag’asida”.
3.Epopeya – necha kitobdan iborat bo’lishiga qaramaydi, uning asosiy belgisi hayotni katta oqim sifatida ko’rsatish, bosh qahramon butun xalq bo’lishidir. S.Ayniyning “Qullar” romani o’zbek adabiyotidagi birinchi epopeya hisoblanadi. Epopeyalarga misollar: M.Avezov “Abay”, Tolstoy “Urush va tinchlik” va boshqalar.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling