Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Munojot (arabcha, yalinish)


Download 149 Kb.
bet31/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Munojot (arabcha, yalinish) – go’yo “gunohkor” bandaning najot umidi bilan qilgan lirik murojaati, tavba va iltijolari.
Munozara – asar qahramonlarining o’zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladigan adabiy janr. Munozaradagi ishtirokchilar asosan ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo’ladi. U she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin. Yusuf Amiriyning “Bang va Cho’gir”, Yaqiniyning “O’q va yoy”, Nishotiyning “Shahboz va Bulbul”, “Gul va Daf”, “Binafsha va Chang” munozaralari bu janrning o’zbek adabiyotidagi go’zal namunalaridir. Ammo Mahmud Koshg’aqiyning “Qish bilan yoz” munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi ekanligi alohida ahamiyatga ega. Munozara janridagi asarlar ko’proq jonlantirish san’ati asosiga quriladi.

Na’t – katta she’riy – epik asarlarda “hamd”, “munojot”dan so’ng payg’ambarlar sha’niga aytilgan an’anaviy she’r.

Novella (italyancha, hikoya) – hikoya hisoblanadi.

Nutq (arabcha) – kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo’lgan tildan foydalanib, xususiy suhbatda, umumiy majlis, uchrashuv va yig’ilishlardagi gapi yoki o’qib eshittiradigan so’zlari. Nutq ma’lum bir maqsad bilan so’zlanadi.

Nasihatnoma – biron tarixiy shaxs yoki muallifning o’ziga yaqin kishilariga bag’ishlab yoki o’z zamondoshlarini ko’zda tutib nasihat shaklida yozgan asari.


Obrazli ifoda – narsa, hodisa va insonning muayyan vaziyatdagi holati, o’ziga xos xususiyatlarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradigan shoirona ibora. Misol: Kumush qishdan, zumrad bahordan,
Qolishmaydi kuzning ziynati. (Uyg’un)

Ocherk – epik tur janrlaridan biri bo’lib, voqea – hodisalarni, turmush dalillarini va aniq kishilar faoliyatini aynan tasvirlaydi. U ma’lum bir tarixiy davrda yuz bergan real tarixiy voqealar, real qahramonlar hayoti va faoliyatini aniq hujjatlar asosida yoritib beruvchi publisistik janrdir. Shuning uchun ocherk “hujjat adabiyoti” deb ham yuritiladi. Ocherkda badiiy to’qimaga keng yo’l qo’yilmaydi.

Pandnoma asar – axloq – odob, urf – odat va boshqa insoniyt xislatlar targ’ib qilingan, o’git – nasihat beruvchi kichik – kichik hikoyatlardan iborat asar. Misol: “Qobusnoma”, “Qutadg’u bilig”, “Hibatul haqoyiq”, “Guliston” va h.k.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling