Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Gimn (grekcha tantanali qo’shiq)


Download 149 Kb.
bet27/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Gimn (grekcha tantanali qo’shiq) – qadimgi Gretsiyada afsonaviy xalq qahramonlari yoki xudolarni maqtab aytiladigan tantanali qo’shiq, she’r. Keyinchalik biror hodisa , shaxs yoki voqeani kuylovchi tantanali qo’shiqlar, millat, davlat va sinfning birligini ulug’lab kuylangan tantanali ashulalar ham gimn deb yuritila boshlangan.

Gumanizm (lotincha insoniy) – insonga muhabbat, odamgarchilik, kishiga g’amxo’rlik qilish va yordamga muhtoj odamlarni qo’llab – quvvatlash.


Devon (arabcha to’plam) – biror shoir she’rlarining qofiya yoki radiflariga ko’ra alifbe sirasi bilan tartib etilgan to’liq to’plami. Devonga ko’pincha birinchi o’rinda g’azallar va qasidalar, oxirida esa fard va muammolar kiritilgan. Rasmiy mukammal devon tuzishda lirik turga mansub asarlar muayyan tartibda joylashtiriladi, har bir janrga mansub asarlar radifi tugagan harfga binoan qat’iy alifbo tartibida tiziladi, har bir harf turkumi Alloh, uning payg’a,bari, chahoryoru boshqa diniy siymo hamda iloniy tushunchalar madhiga bag’ishlangan asarlar bilan boshlanadi, bunday devonda maxsus debocha bo’lib, devon maxsus nomlanadi.

Debocha (forscha, zar va durlar qadab tikilgan ipak kiyim) – badiiy prozaning o’ziga xos turi, mumtoz adabiyotda shoirning o’z devoniga yozgan “so’z boshi”, “kirish so’zi”.

Detektiv adabiyot (lotincha, ochish) – ayg’oqchilarning myrakkab sarguzashtlarini hikoya qiluvchi romanlar, qissalar va hikoyalardan iborat adabiyot.
Dunyoviy adabiyot – diniy – mistik adabiyotga qaram – qarshi o’laroq, hayotga muhabbat bilan qarab, dunyoning nozu ne’matlaridan bahramand bo’lishga , yashashga chaqiruvchi, inson va hayot ishqini kuylovchi adabiyot.

Dialog – iki yoki undan ortiq kishining o’zaro suhbati.

Dramatik asar – sahnada namoyish etish uchun monolog va dialog shaklida bitilgan asar. Bunday asarlar pardalarga, pardalar ko’rinishlarga bo’linadi.

Drama – kulgili vaziyat yetakchilik qilmagan va qahramon yoki qahramonlarning halokati bilan tugamagan sahna asari. Dramaning lirik drama, ertak – drama, fantastik drama singari ko’rinishlari mavjud.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling