Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum
) Ekspozitsiya (lotincha tushuntirish)
Download 149 Kb.
|
Adabiyaot qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5)Voqea rivoji
- Adabiyot nazariyasi
- Adabiyot tarixi
2) Ekspozitsiya (lotincha tushuntirish) – syujetning kirish, boshlanish qismi voqealar yuz beruvchi o’rin – joy, asar qahramonlarining xarakterini shakllantiruvchi ijtimoiy muhit va shart –sharoitlar tasviri.
3)Konflikt (lotincha ixtilof) – asar syujeti asosida yotgan hayotiy ziddiyat. U dramatizmni kuchaytiradi va voqealar rivojiga turtki beradi. 4)Tugun – badiiy asarda voqea va qahramonlar o’rtasidagi ziddiyatning , asosiy voqealarning boshlanishi, badiiy asar syujetida ziddiyatlarning paydo bo’lishi, boshlanishiga sabab bo’luvchi voqea. Tugun ekspozitsiyadan o’sib chiqadi. 5)Voqea rivoji – tugundan so’ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib borishi. 6)Kul’minatsiya (lotincha cho’qqi) – badiiy asardagi voqealar rivojining eng oliy nuqtasi, yuksak cho’qqisi, ish – harakat va kurashning g’oyat keskinlashgan o’rni. 7)Yechim – badiiy asar asosida yotgan ziddiyatning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishi. 8)Epilog (yunoncha so’nggi so’z) – asar oxirida qahramonlarning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi xotima hisoblanadi. Adabiyotshunoslik atamalari Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot to’g’risidagi fan. “Adabiyotshunoslik” atamasi etimologik jihatdan “adabiyot” atamasiga fors – tojikcha “shinos” (yaxshi bilish) fe’li va o’zbekcha – lik affiksining qo’shilishidan hosil bo’lgan. U adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid deb nomlanuvchi 3 qismdan iborat. Adabiyot nazariyasi – so’z san’atining mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlarini, kishilik jamiyatidagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi. U adabiyot haqidagi umumiy ma’lumot (adabiyotning mohiyati, sinfiyligi, obrazliligi va h.k.) adabiy asar haqidagi ta’limot (mavzu, g’oya. kompozitsiya) adabiy bosqichlar haqidagi ta’limoqdan iborat. Adabiyot tarixi – so’z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini tadqiqi etadi, adabiyot taraqqiyotini xronologik izchillik bilan, uning eng qadimgi yodgorliklaridan boshlab shu kunga qadar yaratilgan asarlargacha tekshiradi. Adabiy tanqid – zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning hozirgi kundagi ehtiyoj va talablari jihatidan tadqiq etadi, baholanadi, nuqsonlarni aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy o’sishi va adabiyot ravnaqiga ko’maklashadi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling