Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum
- Mavzu: Badiiy ijod usullari va badiiy asar tuzilishi
Download 149 Kb.
|
Adabiyaot qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ROMANTIZM
- 2. Progressiv romantizm
- Badiiy asar tuzlishi Personaj
5- Mavzu: Badiiy ijod usullari va badiiy asar tuzilishi
Sarlavha: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari Jo'natildi: Robiya dan 12 Dekabr 2007, 09:08:59 Badiiy obraz yaratish usuli, ya’ni san’atkorning hayot dalillarini tanlash prinsipi badiiy umumlashtirish va badiiy tasvir usuli prinsiplari badiiy ijod usuli deyiladi. San’at va adabiyotda bir necha badiiy ijod usuli bor. Bulardan eng asosiylari romantizm va realizmdir. ROMANTIZM – turmushning o’zidan ko’ra ko’proq turmush haqidagi orzularni tasvirlash hisoblanadi. Bu usul 3 xil bo’ladi: 1.Reaksion romantizm – bunda san’atkor tomonidan yaratilgan obraz, san’atkor dunyoqarashi va istaklari jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmay, balki jamiyatdagi o’z umrini tugatgan voqelikni tiriltirishga yoki umri tugab borayotgan narsalarni saqlab qolishga qaratilgan bo’ladi. 2. Progressiv romantizm – bu reaksion romantizmning teskarisi bo’lib, bunda eskilik va yangilik o’rtasidagi kurash tarixiy taraqqiyotga muvofiq tasvir etiladi. 3. Inqilobiy romantizm – bunda san’atkor o’z ijodida eski jamiyat tuzumini tubdan o’zgartirish g’oyasini ilgari suradi. Reaksion romantizm passiv, progressiv va inqilobiy romantizm esa aktiv romantizm deb ham ataladi. REALIZM – real voqealarni haqqoniylik bilan tasvirlash. Realist san’atkorlar hayotning xarakterli tomonlarini topa oladi va uni tipiklashtiradi. Tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda haqqoniyat bilan tasvirlash realstik san’atning negizidir. Realizm lotincha “moddiy”, “”hayotiy degan so’zdan olingan. Realizm ijodiy oqim sifatida badiiy asarda xarakter va voqealarni o’z ko’rinishida ko’rsatish demakdir. Realist adiblar quyidagilar: U.Shekspir, O.Bal’zak, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, M.Sholoxov, A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor va boshqalar. Badiiy asar tuzlishi Personaj – bu atama badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko’pincha asardagi epizodik obrazlar personajlar deb yuritiladi. Obraz – keng ma’noda ijodkorning fikr – tuyg’ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatadi, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Obrazlar turli xil bo’ladi: 1.Realistik obrazlar – hayot haqiqatiga monand obrazlar. 2.Romantik obrazlar – hayotda aynan bo’lmagan, ammo bo’lishi orzu qilingan obraz. 3.Xayoliy – fantastik obrazlar – haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan obrazlar. 4.Afsonaviy obrazlar – butunlay xayoliy bo’lib, ular bitmas – tuganmas kuch – qudratga , yuksak fazilatlarga ega bo’ladi. 5.Simvolik obrazlar – narsalar, o’zimliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtiruvchi obrazlar. 6.Mifologik obrazlar – afsonalar asosida yaratilgan asotiriy obrazlar. 7.Satirik – yumoristik obrazlar kulgu bilan tasvirlangan obrazlar. 8.Bosh obrazlar – asar voqealari markazida turib, asar ziddiyatining hal etilishida yetakchi rol o’ynaydigan, syujet voqealarini harakatga keltiruvchi, yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan obrazlar. 9.Ikkinchi darajali obrazlar – asar markazida turmasa ham, biror jihati bilan yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan, uni to’ldirishga xizmat qiladigan obrazlar. 10.Epizodik obrazlar – voqealar zanjirida bir – ikki o’rindagina qatnashib, keyin tushib qoladigan obrazlar. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling