Ideal (grekcha, g’oya, tasavvur, tushuncha) – kishi qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan biror sohadagi o’sish – rivojlanishining eng yuqori bosqichi, orzu qilingan olijanob narsa va yaxshi niyatlar. Ideal qahramon – kishilarga o’rnak bo’ladigan va ahrakatlari bilan ilg’or adabiyot arboblarining olijanob insoniy ideallarini ifoalash va targ’ib etgan ijobiy obraz
Ideologiya – siyosat, fan, axloq va adabiyotda ifodalangan muayyan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi.
Ir (yir) – g’azal, maqom, kuy o’rnida ishlatiladigan so’z.
Ilmiy she’riyat – biror narsa va hodisa haqidagi qarashlarni, nazariy izlanishlarni nazmda(she’riy shaklda) bayon qilish. Misol: Gorasiy “She’riyat ilmi”, Munis “Savodi ta’lim”.
Komediya – kulgili voqealar tasvirlanadigan dramatik asar. Komediya so’zi yunoncha “Komos oda”, ya’ni xushchaqchaq to’da qo’shig’i so’zlaridan olingan. Komediya uchun asosiy bo’lgan xususiyat voqelikni, insonlar o’rtasidagi munosabatlarni hajviy idrok etish va kulgili yo’sinda tasvirlash hisoblanadi. Komediya dastlab Gretsiyada eramizdan oldingi V – IV asrlarda yuzaga kelgan bo’lib, uning asoschisi Aristofandir. O’zbek komediyasi xalq o’rtasida muqllid, taqlid kabi janrlar sifatida uzoq zamonlardan mavjud edi. Biroq haqiqiy komediya janri XX asr boshlarida yuzaga keldi. Komediyaning o’zi ham fars (unga keng ommaviylik, hajviy ruhning ustunligi, fikrni erkin bayon etish xos), vodevil (unda voqealar tez kechadi, kutilmagan yechim bo’ladi, vatanparvarlik, inqilob g’alabasi kuylangan), hazil singari qator janrlarga bo’linadi.
Klassik adabiyot (lotincha birinchi darajali so’z) – o’tmishning va hozirgi zamonning g’oyaviy – badiiy jihatdan yuksak, namuna bo’la olguvchi adabiyoti. Bu adabiyot mumtoz adabiyot deb ham yuritiladi.
Libretto (italyancha kitobcha) – katta musiqali sahna asari – opera, operetta uchun yozilgan badiiy asar matni.
Lirik parcha– epik asarlarda voqealar mazmunga g’oyaviy xulosa yasaydi, lirik asarlarda shoirning o’z qahramonlariga bo’lgan munosabatini ochib beruvchi parcha. Lirik parchalar asarning boshida, o’rtasida va oxirida kelishi mumkin.
Lirik qahramon – o’y – fikri, his – hayajonlari va kechinmalari lirik she’rda ifodalangan shaxs obrazi. Lirik qahramon deganda dastavval shorining o’z obrazini ko’zda tutamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |