Xarakter (yunoncha xususiyat, belgi) – obrazning mukammallashgan ko’rinishi, turli xususiyatlari aniq ko’rinib turgan, yakka xususiyatlari kashf etilgan shakli. Xarakter qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui hisoblanadi. Adabiy qahramonga mansub ichki fe’l – atvor, fazilatlar, xususiyatlar birligi; qahramonning fikrlash tarzi, tabiati, his – tuyg’ularining, ma’naviy – axloqiy belgilarning namoyon bo’lishidagi o’ziga xosliklar; badiiy asarda harakat qiluvchi kishining, personajning individualigini ifoda etuvchi shaxs o’zligi estetikada va adabiyot ilmida umumlashtirilgan holda xarakter deb yuritiladi.
Xarakteristika (yunoncha iz, nusxa,tamg’a) – xarakterning g’oyat mukammallashgan ko’rinishi, unga mos xususiyatlarni butun to’laligi bilan aks ettiruvchi shaxs obrazi. U muayyan tarixiy sharoitdagi jamiyatning butun bir sinfi yoxud butun bir toifasiga mansub bo’lgan kishilarning tipik xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan mukammal badiiy obraz hisoblanadi.
Tipiklik – tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda yaratish, ma’lum davr va ijtimoiy guruh uchun xarakterli bo’lgan voqealarni tipik obrazlar orqali yoritish.
Kompozitsiya (lotincha tuzib chiqish, tartibga solish) – badiiy asardagi qismlar, obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g’oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi, ularning tasviridagi mezoni va muvofiqligi.
G’oya – asarlarning tasvir ob’ekti ustidan chiqarilgan “hukm”.
Epigraf (yunoncha yozuv) – adabiy asar sarlavhasidan so’ng yoki uning qismi yoxud bobining boshlanishida yozib qo’yiladigan sitata,ibora, maqol.
Syujet (fransuzcha narsa, predmet) – badiiy asarlarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o’zaro boglangan va rivojlanib boruvchi hayotiy voqealar tizimi. Syujet xarakter bilan voqealar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. U quyidagilardan tashkil topadi:
1)Prolog (yunoncha avvalgi so’z, so’z oldi) – badiiy asardagi muqaddimaning bir turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |